Chavusho’g’li: “AQShning PYDga bergan yordami Turk-Amerika sherikligiga ziyon yetkazmoqda”.

Chavusho’g’li o’tkan oyda Kanadaga borar ekan u yerda “Ottawa Life Magazine” jurnali tahririyatiga Turkiyaning tashqi siyosatini qiziqtirgan ber necha masala haqida intervyu bergan edi. Ana shu intervyu jurnalning fevral oyidagi sonida chop etildi.

902673
Chavusho’g’li: “AQShning PYDga bergan yordami Turk-Amerika sherikligiga ziyon yetkazmoqda”.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lining qayd etishicha, Amerika armiyasining PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotiga bergan yordami Turkiyaning xavfsizligini tahlikaga solish bilan cheklanib qolmay ayni vaqtda, uzoq vaqtdan beri davom etgan Turk-Amerika sherikligiga ziyon ham yetkazmoqda.  

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li o’tkan oyda Shimoliy Koreyaga bag’ishlab o’tkazilgan sammitida ishtirok etish uchun Kanadaga borar ekan u yerda “Ottawa Life Magazine” deb nomlangan jurnal tahririyatiga, Turkiyaning tashqi siyosatini qiziqtirgan ber necha masala haqida intervyu bergan edi. Ana shu intervyu yuqorida nomi tilga olingan jurnalning bu yilgi fevral oyidagi sonida chop etildi.

Chavusho’g’li ushbu muloqatda eng avvalo Turkiya-AQSh munosabatiga to’xtalar ekan bu haqida, Turk-Amerika munosabatining nozik jarayonga kirganligini, AQSh-Turkiya o’rtasida oliy darajali uchrashuvlarning davom etganligini eslatgan holda, “Amerika armiyasining PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotiga bergan yordami Turkiyaning xavfsizligini tahlikaga solish bilan cheklanib qolmay ayni vaqtda, uzoq vaqtdan beri davom etgan Turkiya-Amerika sherikligiga ziyon ham yetkazmoqda” dedi.

Chavusho’g’li,

“2018-yilning Suriyadagi urushning oxirgi yiliga aylanishi uchun Ostona, Sochi va nihoyat Jenevadagi uchrashuvlarning konkret natijalar berganligiga ishonch hosil qilish uchun hormay-tolmay mexnat qilamiz” deya gapirdi.

Mevlut Chavusho’g’li shuningdek, Iroqning mustaqilligini va hududiy yaxlitligini himoya qilishning Turkiya uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratdi.  

Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyati tomonidan 2017-yilning 25-sentabri kuni o’tkazilgan noqonuniy referendumga qarshi chiqqanliklarini ham eslatgan Chavusho’g’li, Iroqdagi kurd aholisini hech qachon nishonga olmaganliklarini ifoda etdi.

Chavusho’g’li, Quddusning statusi haqida esa,

“Quddusning himoya qilinishi butun dunyo insonlarining vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan hech kim Quddusning statusi haqida bir tomonli yoki o’zboshimchalik bilan qarorlar olish huquqiga ega emasdir” dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlari va ballistik raketalariga ham to’xtalar ekan bu haqida, Shimoliy Koreyaning xalqaro huquqni paymol qilganligini qayd etdi.

 

 



Aloqador xabarlar