Bitlisda 5 askar shahid bo’ldi

Turkiyaning Bitlis viloyatida PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyot chog’ida 5 askar shahid bo’ldi.

893650
Bitlisda 5 askar shahid bo’ldi

Turkiyaning Bitlis viloyatida PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyot chog’ida, askarlarning ustiga qor ko’chkisi qulashi oqibatida 5 askar shahid bo’ldi.

Bitlis viloyat xokimi tomonidan berilgan bayonotda, viloyatning Xizan tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyot chog’ida, askarlarning ustiga qor ko’chkisi qulashi oqibatida jon berganlardan tashqari 12 askarning tan jarohati olganligi qayd etildi.

Tan jarohati olgan askarlar vertolyot orqali Bitlisdagi kasalxonalarga olib borildi.

 



Aloqador xabarlar