Ibrohim Qalin, Falastinni TRT Xabar jonli efirda baholadi...

Prezidentlik  matbuot kotibi Ibrohim Qalin, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)  Sharqiy Quddusni Flastinning poytaxti deb e’lon qilishi, AQShning qaroriga bir qasos sifatida ko’rilmasligi  kerak deb qayd etdi.

868967
Ibrohim Qalin,  Falastinni TRT Xabar  jonli efirda baholadi...

Prezidentlik  matbuot kotibi Ibrohim Qalin, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)  Sharqiy Quddusni Flastinning poytaxti deb e’lon qilishi, AQShning qaroriga bir qasos sifatida ko’rilmasligi  kerak deb qayd etdi.

Qalin, TRT Xabarda jonli efirda kun tartibiga tegishli savollarga javob berdi.

Qalin, Turkiya mezbonligida  chorshanba kuni bo’lib o’tgan IHT favqulodda sammitiga tegishli AQSh Quddusni Isroilning poytaxti sifatida tan olish qarorini faqatgina IHT a’zosi 57 o’lka emas, Yevropa, Lotin Amerika va Osiyo o’lkalarining deyarli barchasi tomonidan rad etildi.

AQShning qarorini faqatgina Chexiya qo’llab- quvvatladi degan aytgan Qalin,

“AQShning  bu mavzuda  yolg’izlanishi   bahs mavzusi, Faqat o’zboshimchalik bilan  ushbu qarorni oldi. Buni  global miqyosda muhokama qilish kerak” dedi.

IHT tarixida bu  sammit 6- favqulodda sammit ekaniga ishora qilgan Ibrohim Qalin,  bu qadar qisqa muddatda ichida bu qadat muvaffaqiyatli bir sammitni o’tkazish oson emas deb qayd etdi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an rahbariyat bo’lmagan taqdirda bunday bir sammitning  o’tkazilishi mumkin emas edi degan Qalin, bunday  kuchli bir kuchli   bildirish  dunyoga  berilmas  edi deya   ma’lum qildi.

“ Sharqiy Quddus Falastin poytaxti  deb e’lon qilinish” qarori borasida to’xtagan  Qalin, “Bu AQSh qaroriga bir qasos sifatida  ko’rmaslik kerak. Zotan ko’plab o’lka, biz ham qo’shilamiz deyishdi . Fe’lan Sharqiy Quddusni Falastin davlatining poytaxti sifatida tan olish kabi harakat qildik hozirgacha.  Bizning bosh konsulimiz  bu  yerda  favqulodda va muxtor elchilik kabi ishlaydi. Buning rasmiy bo’lishi muhim. Kelajakda  tuziladigan  Falastin davlatining ham chegaralarini belgilash jihatidan kuchli  bir himoyaga  ega” deb  ta’kidladi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ibrahim Kalin , #Falastin , #Quddus , #Muhokama

Aloqador xabarlar