Erdo’g’an:"Hech kim bu mamlakatda vatan tuproqlarini bo’laman deb o’ylamasin"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ak partiyaning Karsdagi 6-favqulodda shahar kongressi oldidan xalqqa hitob qildi.

859897
Erdo’g’an:"Hech kim bu mamlakatda vatan tuproqlarini bo’laman deb o’ylamasin"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an hukmron Ak partiyaning Karsdagi 6-favqulodda shahar kongressi oldidan xalqqa hitob qildi.

Terrorizmga qarshi kurashga e’tibor qaratgan Erdo’g’an: “Hech kim bu mamlakatda vatan tuproqlarini bo’laman deb o’ylamasin. Turkiyani bo’lmoqchi bo’lgan PKK terror tashkilotiga Judida, Tendurekda F-16 qirg’in samolyotlar bilan qanday zarba bergan bo’lsak, bundan keyin ham bu zarbalarimiz davom etadi”,-dedi.

Prezident Erdo’g’an bir hafta ichida mamlakat bo’ylab 100 ta terrorist yo’q qilinganini eslatdi.

“Agar, bu mamlakatni bo’lishga harakat qilaversalar bu raqam 100 emas, 200ga chiqadi. Xatto, 300ga va 1000 ga chiqadi. Mening xalqimning tinchligi va farovonligiga hech kim ko’z olaytirmasin. Biz xalqimizning birdamligi va mamlakatimizning tinchligi uchun xizmatga tayyormiz”,-dedi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #terrorizm , #Ak partiya , #Kars

Aloqador xabarlar