Bugun Turkiyada Mustafo Kamol Otaturkni yodga olish kuni

Bugun Turkiya Respublikasining asoschisi va Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturkni vafotining 79-yilligida yana bir bor hurmat va ehtirom ila yodga olamiz.

844574

Chanoqqal’a urushi chog’ida erishgan muffaqiyati bilan e’tiborlarni o’ziga qaratgan Mustafo Kamol Otaturk Birinchi Jahon urushi natijasida Usmonli imperiyasining mag’lub hisoblanishi va mamlakat tuproqlarining g’oliblar tomonidan bosib olinishiga harakat qilina boshlashi bilan Turk xalqiga yetakchilik qilib, mamlakatning mustaqilligi uchun kurash olib bordi.

Ushbu kurashning muvaffaqiyatli natijalanishi bilan Lozanda qo’l qo’yilgan tinchlik bitimi ortidan Turkiya Respublikasi tashkil topdi va Mustafo Kamol Otaturk Respublikaning birinchi Prezidenti bo’ldi. Ortidan Otaturk familiyasini olgan lider, amalga oshirgan inqiloblari orqali zamonaviy jamoatning shakllanishiga katta hissa qo’shdi. Shu bois ham bugun vafotining 79-yilligida Mustafo Kamol Otaturkni yana bir bor hurmat va ehtirom ila yodga olamiz.  

Aloqador xabarlar