Turkiya va Ispaniya o'rtasida mudofaa sanoati bo'yicha yaxshi niyat bayonnomasi imzolandi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli NATO qarorgohida Ispaniya mudofaa vaziri Maria Dolores de Cospedal Garcia bilan uchrashdi.

844167
Turkiya va Ispaniya o'rtasida mudofaa sanoati bo'yicha yaxshi niyat bayonnomasi imzolandi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli NATO qarorgohida Ispaniya mudofaa vaziri Maria Dolores de Cospedal Garcia bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng, Ispaniya bilan Turkiya o’rtasida mudofaa sanoati bo’yicha hamkorlikni rivojlantirish, jumladan quruqlik, havo va dengiz sistemalari va Ar-Ge kabi barcha sohalardagi faoliyatlarni mustahkamlash bo’yicha yaxshi niyat bayonnomasi imzolandi.

Nurettin Janikli mazkur uchrashuvdan bahtiyorligini tilga olar ekan, Ispaniya bilan turli sohalarda bo’lgani kabi mudofaa sanoati sohasida ham aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko’tarishdan umidvorligini ifoda etdi.

Turkiya-Ispaniya o’rtasida mudofaa sanoati sohasida mahfiy ma’lumotlarni saqlashga doir shartnoma majlisda tasdiqlanganini tilga olgan Nurettin Janikli, Turkiyada qurilgan Patriot mudofaa sistemalarining muddati uzaytirilgani uchun Ispaniyaga minnatdorlik bildirdi.

Kataloniyada ro’y bergan hodisalarga munosabatini bildirgan Nurettin Janikli: “Turkiya Ispaniyaning hududiy yaxlitligini va mustaqilligini qo’llab quvvatlaydi”,-dedi.

Ispaniya mudofaa vaziri Maria Dolores de Cospedal Garcia ham Turkiyaning qo’llab quvvatlovi Ispaniya uchun muhim ekanligini tilga oldi.

“Mudofaa sanoati sohasidagi aloqalarimizni yanada rivojlantirishimizga ishonchim komil”,-deydi Maria Dolores de Cospedal Garcia.

 



Aloqador xabarlar