Binali Yildirim Kataloniyadagi vaziyatga to’xtaldi

Bosh vazir Binali Yildirim, Turkiya Buyuk Millat Majlisining 26-sessiyasining ochilish marosimiga atalgan kechagi kechki ziyofatda, jurnalistlarning kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.

818729
Binali Yildirim Kataloniyadagi vaziyatga to’xtaldi

Bosh vazir Binali Yildirim Kataloniyadagi referendumga qarshi eng avvalo Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning e’tiroz bildirishi kerkaligini qayd etdi.

Bosh vazir Yildirim, Turkiya Buyuk Millat Majlisining 26-sessiyasining ochilish marosimiga atalgan kechagi kechki ziyofatda, jurnalistlarning kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.

Binali Yildirim Kataloniyadagi referendum oqibatida kelib chiqqan mamlakatdagi taranglik haqidagi savolga,

“Shimoliy Iroqdagi noqonuniy referendumga qarshi chiqqanimizga qaraganda bunga ham e’tiroz bildirishimiz tabiiy hol albatta. Lekin eng avvalo buning orqadagi rejalarini tekshirib chiqish darkor. Bundan bexabar, erta kunlab fikr yaratish yaxshi emas. Eng avvalo e’tiroz bildirishi kerak bo’lgan davlatlar YI tarkibidagi davlatlardir. Bitta davlat hisoblanganligi uchun, ularning voqeaga bo’lgan ko’z qarashi biz uchun qiziq. Biz qo’shni davlatimiz uchun kerakli javobni berdik. Navbat ularda” deya gapirdi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Binali Yildirim , #Kataloniya , #referendum

Aloqador xabarlar