Turkiyada davlat arboblari g’alabaning 95 yilligi munosabati bilan Anitkabirda...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’on Anitkabirdagi xotira daftariga o’z tuyg’ularini yozib imzoladi.

798739
Turkiyada davlat arboblari g’alabaning 95 yilligi munosabati bilan Anitkabirda...

30 avgust G’alaba bayramining 95 yilligi Turkiya bo’ylab keng nishonlanmoqda.

Bayram tadbirlari an’anaviy ravishda Anitkabir ziyorati bilan boshlandi.

Davlat arboblari Anitkabirdagi Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo’ydi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’on Anitkabirdagi xotira daftariga o’z tuyg’ularini quyidagicha yozib imzoladi.

“Aziz Otaturk! Buyuk g’alabaning 95 yilligini yana bir bor iftixor bilan nishonlayabmiz. Ozodlik urushida qo’lga kiritilgan ushbu tarixiy g’alabani Malazgirtdan kunimizgacha yetib kelgan mashaqqatli jarayonning eng muhim bosqichi deb baholaymiz. Buyuk g’alabadan olgan kuch bilan Turkiya Respublikasiga asos solinar ekan, zamonaviy madaniyat barpo etish maqsad qilindi. Turkiya siz chizgan yo’lda ildamlamoqda. 15 iyul voqealarida xalqimizning mardonavor kurashi davlatimizning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligiga qaratilgan barcha tahdidlarni bartaraf etish xususida qat’iy ekanini yana bir bor namoyon qildi. Siz va aziz shahidlarimiz hamda qahramon urush qatnashchilarimizning bizga omonat qilib qoldirgan ushbu vatanni ko’z qorachig’imizdek asrab avaylaymiz. Ruhingiz shod bo’lsin!”.

 



Aloqador xabarlar