Turkiyaning Hakkari viloyati Shemdinli tumanida otishma...

Xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o’rtasida ro'y bergan otishmada maxsus harakat bo’linmasida xizmat qilgan politsiya xodimi halok bo’ldi.

784477
Turkiyaning Hakkari viloyati Shemdinli tumanida otishma...

Turkiyaning Hakkari viloyati Shemdinli tumanida xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o’rtasida otishma ro’y berdi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Shemdinli tumaniga qarashli Oltinsuv qishlog’ida terror tashkiloti PKKga qarshi operatsiya o’tkazildi. Operatsiyada xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o’rtasida otishma ro’y berdi.

Otishmada maxsus harakat bo’linmasida xizmat qilgan politsiya xodimi halok bo’ldi, bir nafar politsiya xodimi jarohatlandi.

Hududda terroristlarga qarshi operatsiya kuchaytirildi.

Shuningdek, Shanliurfa viloyati Jeylanpinar tumanida noqonuniy yo'llar bilan Suriyadan Turkiyaga o'tishga uringan terrorist qo'lga tushirildi.

Bingo'l viloyati Yayladag'i tumanida olib borilgan operatsiyada ham bir terrorist qo'lga tushirildi.

Shirnakning Silopi tumanida Iroq shimolidagi terror lagerlaridan qochishga muvaffaq bo'lgan 5 ta terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo'ldi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakkari , #Shemdinli , #otishma , #terrorist

Aloqador xabarlar