Chavusho’g’li: “Turkiya, xalqaro tashkilotlar bilan yaxshi munosabatda bo’lishga harakat qilmoqda”.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiya- Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirlari maslahatlashuv mexanizmining ikkinchi yig’ilishida ishtirok etdi.

783154
Chavusho’g’li: “Turkiya, xalqaro tashkilotlar bilan yaxshi munosabatda bo’lishga harakat qilmoqda”.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiya- Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirlari maslahatlashuv mexanizmining ikkinchi yig’ilishida ishtirok etdi.

Yig’ilish ortidan Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Wang Yi bilan uchrashgan Chavusho’g’li, Turkiyaning dunyodagi barcha xalqaro tashkilotlar bilan yaxshi munosabatda bo’lishga harakat qilayotganligini qayd etdi.

Wang Yi bilan birgalikda ishtirok etgan qo’shma matbuot anjumanida Chavusho’g’li,  Xitoy safari ortidan Filippin poytaxti Marina’da “Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari ittifoqi” yig’ilishida ishtirok etajagini eslatib,

“Xitoy, Shanxay hamkorlik tashkilotining tashkiliy qo’mita a’zolaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan biz ham tashkilot bilan bo’lgan munosabatimizni mustahkamlash uchun Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik qilmoqdamiz. Aytib o’tish joizki biz bu vaziyatni muqobil siyosat emas aksincha, tamomlaguvchi deb hisoblaymiz” dedi.

Chavusho’g’li Turkiyaning, “yagona Xitoy siyosati”ni qo’llab-quvvatlagan mamlakatlardan biri ekanligini eslatib,

“Xitoyning xavfsizligi, bizning xavfsizligimizdek. Shunday ekan yurtimizda ham, mintaqamizda ham Xitoyga yo’naltilgan hech qanday salbiy faoliyatga ruxsat bermaymiz” deya gapirdi.  

Turkiya va Xitoy o’rtasidagi xavfsizlik tarmog’idagi hamkorlikning ortgan ravishda davom etganligini, bundan buyon ham davom etajagini ta’kidlagan Chavusho’g’li,

“Tijoratimizni orttirish masalasida qarorlimiz. Mahsulotlarni diversifikatsiya qilish borasidagi faoliyatlarimiz davom etmoqda. Turkiyadan Xitoyga, qishloq-xo’jaligi mahsulotlari bosh bo’lish bilan birga eksportimiz ortmoqda” dedi.

Tashqi ishlar vaziri ikkala mamlakat o’rtasida muhim loyihalar borligini eslatib, shu doirada tarixiy Ipak yo’lining qayta tiklanishini ko’zlagan “Kamar va yo’l” shuningdek, Turkiya tomonidan taklif qilingan “O’rta yo’lak” loyihasining Xitoy bilan birgalikda yo’lga qoyilajagini va albatta “Edirne-Kars tezyurar poyezd yo’li” va Turkiyadagi uchunchi yadro stansiyasining ham Xitoy bilan birgalikda qurilishini xohlaganliklarini qayd etdi.  

Ta’lim va madaniyat tarmog’ida ham hamkorlikning ortganligini, bundan buyon turizm tarmog’idagi hamkorlikning ham ortishini qayd etgan Chavusho’g’li,

“Xitoylik sayyohlar sonining ortishini umid qilamiz. Har yili dam olish uchun chet elga chiqqan yuz million nafar sayyohning uch millionining Turkiyaga kelishini kutamiz” dedi.

Mevlut Chavusho’g’li 2018-yilning Xitoyda, “Turkiya Turizm yili” deb e’lon qilinganligini eslatib, bu doiradagi tayyorgarliklarning ham birgalikda olib borilayotganligini ma’lum qildi.  

Chavusho’g’li shuningdek, ta’lim tarmog’idagi hamkorlik doirasida bitta universitet ochish niyatlarining borligini, buning uchun kerakli faoliyatlarning davom etganligini belgilab, viza rejimi masalasini Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Wang Yiga yetkazganligini qayd etdi.  

Mevlut Chavusho’g’li ikki mamlakat o’rtasidagi mintaqaviy mavzularda Turkiya bilan Xitoyning hamfikr ekanligini belgilab, Suriya borasidagi Pekin rahbariyati yordamini “olqishga sazovor” deya baholadi.  

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning taklifiga binoan XXR Davlat rahbari Si Szinpinni Turkiyada mehmon qilmoqchi ekanliklarini qayd etgan Chavusho’g’li, kasbdoshi Wang Yining ham Turkiyaga tashrif buyurishidan hursand bo’lajaklarini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’lining Xitoy safari bugun o’z nihoyasiga yetadi.

 



Aloqador xabarlar