Turkiya “15-iyul shahidlari”ni, tantanali ravishda yodga olmoqchi

Turkiya o’tgan yilning 15-iyuli kuni yuz bergan to’ntarish tashabbusining birinchi yilligida, voqeada jon bergan shahidlarni tantanali ravishda yodga olmoqchi. Buning uchun yurt bo’ylab tayyorgarliklar davom etmoqda.

769468
Turkiya “15-iyul shahidlari”ni, tantanali ravishda yodga olmoqchi

Turkiyada o’tgan yilning 15-iyuli kuni yuz bergan to’ntarish tashabbusining birinchi yilligida, voqeada jon bergan shahidlarni yodga olish uchun yurt bo’ylab tayyorgarliklar davom etmoqda. Ushbu tayyorgarliklar doirasida mamlakat xalqi eng avvalo 15-iyul shahidlari mozorini ziyorat qilmoqda. Shunday ekan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Bosh vazir Binali Yildirim ham bugun Istanbulda joylashgan “Edirnekapi” nomidagi shahidlikdagi 17 nafar politsiya xodimi mozorini ziyorat qildi. Eng asosiy, “15-iyul shahidlarini yodga olish” marosimlari 15-iyul kuni bo’lib o’tadi va huddi ana shu tadbirlarning birida Prezident Erdog’an, Prezident qarorgohi oldidagi “15-iyul shahidlari” deb nomlangan yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etadi.   



Aloqador xabarlar