Prezident   Erdo’g’ani, xalqaro sarmoya kirituvchilardan  olingan hissa 1 foizning tagida dedi

Prezident Rajab Toyyib  Erdo’g’ani, xalqaro sarmoya kirituvchilardan  olingan hissa 1 foizning tagida bo’lganini ma’lum qilib, “ Bu o’lkaning potensialiga yarashadigan bir vaziyat emas” dedi.

769417
Prezident   Erdo’g’ani, xalqaro sarmoya kirituvchilardan  olingan hissa 1 foizning tagida dedi

Prezident Rajab Toyyib  Erdo’g’ani, xalqaro sarmoya kirituvchilardan  olingan hissa 1 foizning tagida bo’lganini ma’lum qilib, “ Bu o’lkaning potensialiga yarashadigan bir vaziyat emas” dedi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an,  Fatullahchi terror tashkiloti  parallel davlat tuzilishi ( FETO/ PDY)ning 15-  iyuldagi harbiy to’ntarish tashabbusining birinchi yilligi  doirasida, xorijiy  sarmoyali  yig’ilishga qatnashdi.

Prezident Erdog’an,

“ Turkiyani  demokratiyasi bilan birgalikda yer bilan yakson bo’lishini kutganlarning umidlarini  puchga chiqardik. 2017- yili mobaynida juda yaxshi iqtisodiy  faoliyat ko’rsatdik. Birinchi chorakda yuzda 5lik o’sish nisbati barchamizni umidlantirdi.

Bu yilni kutganimizdan yana ham   yaxshi yakunlaymiz. Birja kun sayin rekordlar o’rnatmoqda.

Turizmdagi kamchilik hal etilmoqda. Shunday bir tushunchamiz bor. Xalqaro sarmoyani muassasalashtirish  uchun yilda  bir marotaba to’planib aloqalarni mustahkamlashtiramiz.

Sarmoya kirituvchilar o’rtasida  mahalliy xorijiy ayrimni bartaraf etdik. Xalqaro sarmoyada  qulaylik ta’min etdik. Turkiya xalqaro sarmoyalardan olgan hissasi  1 foiz ostida bo’lishi o’lkamizning potensialiga  yarashmaydigan bir narsa.  Turkiya dunyoning eng jiddiy to’qnashuv va inqiroz hududi o’rtasida o’rin olishiga qaramasdan barqaror va ishonch sharoiti  xavfga tushishiga hech qachon ruxsat bermagan bir o’lkadir. Bu Turkiyaning eng katta kuchidir. Turkiyani shu bois atrofidagi o’lkalar bilan muqoyasa qilmang, aralashtirmang, o’xshatmang.

Turkiya farqli va kuchli bir o’lka” dedi.

“Erdo’g’an,

“ G- 20 sammiti uchun Hamburgada edik. Hamburg yonmoqda. Har tomonida janjal bordi. 10 minglab xavfsizlik  xodimi bordi. Biz ham G-20  yig’ilishini o’tkazdik. Hatto kichikkina  bir shovqin bo’lmadi. Oxirgi  G- 20da yurtdoshlarimiz bilan yig’ilish o’tkazaylik dedik, ruxsat bermadilar. Erkinlik qayerda? Siz keling biz sizga  xahlagan  yerda ruxsat beraylik bayonot bering. Niderlandiya, Belgiya  barchasi unday. Tushuncha erkinligidan qo’rqmoqdalar. Biz tushunchamizga ishonganimiz uchun qo’rqmaymiz.” Deb ma’lum qildi.

Erdo’g’an,

“ PKK va YPG bular yana  kurashganimiz terror tashkiloti. Oxirgi ikki yilda 2 ming xavfsizlik xodimini  shahid qilgan, Suriyada etnik guruhni yo’q qilgan tashkilotga qaysi davlat farqli munosabat ko’rsata oladi. Biz g’arb do’stlarimizdan iltimosimiz o’zini  qarshi tomonning joyiga qo’yishi kerak.” Dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Xorijiy , #Sarmoya , #İnvestitsiya , #1 foiz , #Prezident

Aloqador xabarlar