Turkiyaning sharqida terroristlarga qarshi operatsiyada bir harbiy halok bo'ldi

Shirnakning Judi tog’ida terror ob’yektlariga qarshi operatsiya jarayonida otishma ro’y berdi.

750517
Turkiyaning sharqida terroristlarga qarshi operatsiyada bir harbiy halok bo'ldi

Turkiyaning sharqida joylashgan Bingo’l viloyati Gench tumanida terror tashkiloti PKKga qarshi jangovar operatsiya o’tkazildi.

Gench tumaniga qarashli Yeniyazi qishlog’ida olib borilgan operatsiyada xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o’rtasida otishma ro’y berdi.

Otishmada starshiy leytenant halok bo’ldi.

Shirnakning Judi tog’ida terror ob’yektlariga qarshi operatsiya jarayonida otishma ro’y berdi.

Otishmada ikkita posbon og’ir yaralandi.

Yaradorlardan biri shifoxonada olamdan o’tdi.

Hududda harbiy operatsiya kuchaytirildi.

 

 



Aloqador xabarlar