Erdog’an: “Suriya va Iroqdagi o’yinlar Turkiyaning ittifoqini nishonga olmoqda”.

Prezident Erdog’an Istanbulda, “Muqaddas omonatlar nuridagi ko’rgazma”ning ochilish marosimida nutq so'zlar ekan Prezident o'z so'zida, Suriya va Iroqda o'ynalgan o'yinlarning Turkiyaga qaratilgan salbiy ta'sirlariga to'xtaldi.

727201
Erdog’an: “Suriya va Iroqdagi o’yinlar Turkiyaning ittifoqini nishonga olmoqda”.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Suriya va Iroqdagi yovuzlikni ta’kidlagan holda, mintaqadagi o’ynalgan o’yinning Turkiyaning ittifoqini nishonga olganligini qayd etdi.

Erdog’an, “vaziyat shunday bo’lishiga qaramay o’z ichimizdan buni qo’llab-quvvatlaganlarning borligi bizni alohida ta’jubga solmoqda” dedi.

Prezident Erdog’an Istanbulda, “Muqaddas omonatlar nuridagi ko’rgazma”ning ochilish marosimida so’zlagan nutqida,  

“Asrlar mobaynida islom dinining va musulmonlarning eng qimmatbaxo asarlariga mezbonlik qilgan Suyriya va Iroq tuproqlaridagi yovuzlik, yuragimizni tilka pora qilmoqda. Ba’zan Suriyani taniganimdan pushaymon ham bo’laman… tanigach… albatta… judayam qiyin” dedi.  

Turkiya sifatida buning oldini olish uchun ham yurt boylab, ham xalqaro maydonda qo’lidan kelganicha g’ayrat qilganliklarini ta’kidlagan Erdog’an, o’z so’zini quyidagicha davom etdi:

“Mintaqada asosan o’ynalgan o’yinlar bizning birligimizni, ittifoqimizni, kelajagimizni nishonga olmoqda. Biz buni yaxshi bilamiz lekin afsuski shunga qaramay bu vaziyatni o’z ichimizda qo’llab-quvvatlaganlar ham bor. Bu bizni yana da ta’jubga solmoqda, xijolat qilmoqda. Shunday ekan bugungi kunda bizning har doimgidan yana-da ko’proq ittifoqga, qardoshlikga ehtiyojimiz bor. Buni alohida ta’kidlab o’tmoqchiman”.

Prezident Erdog’an o’z so’zining yakunida ko’rgazmaning ochilishi uchun kecha va kunduz, hormay-to’lmay mexnat qilganlarning hammasiga minnatdorchilik bildirdi.

Ko’rgazmada a’nanaviy sa’atlar bilan bezalgan muqaddas omonatlardan tashkil topgan 40 asar o’rin olgan.

Turkiyaning Istanbul viloyati, Eyup tumanidagi “Bahariye Mevlevihanesi”da ochilgan ko’rgazma 16-maygacha ochiq.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an , #Suriya , #Iroq , #Turkiya , #ko'rgazma

Aloqador xabarlar