Turkiyaning sharqida terrorizmga qarshi kurash davom etmoqda

Shirnak viloyatida terror tashkiloti PKKga qarshi olib borilayotgan operatsiyada 5 kun ichida 40 ta terrorist o’ldirildi.

719186
Turkiyaning sharqida terrorizmga qarshi kurash davom etmoqda

Turkiyaning sharqida terrorizmga qarshi kurash jadallik bilan davom etmoqda.

Shirnak viloyatida terror tashkiloti PKKga qarshi olib borilayotgan operatsiyada 5 kun ichida 40 ta terrorist o’ldirildi.

Terroristlarning lageriga aylangan Bestler-Dereler hududida havodan va quruqlikdan jangovar operatsiya olib borildi.

Operatsiya davomida hududda terroristlarga tegishli ko’plab qurol-aslaha va kundalik ashyolar topildi.

Diyarbakir viloyati Kulp tumanida olib borilgan operatsiyada esa, 2 ta terrorist o’ldirildi.

Hakkari, Bitlis, Elazig’ va Mardin viloyatlarida terroristlarga tegishli yer to’lada ko’plab qurol-aslaha va kundalik ashyolar topildi.

Qolaversa, Turkiya Qurolli kuchlari Iroqning shimolida joylashgan Zap va Gara hududida havodan jangovar operatsiya uyushtirdi.

Operatsiyada terroristlar tomonidan qo’llanilgan 2 ta g’or, 2 ta boshpana va 4 ta qurol otish joyi portlatildi.

Turkiya Harbiy bosh shtabi raisi general Hulusi Akar terrorizmga qarshi kurash muvaffaqiyatli davom etganini ma’lum qildi.

“Qahramonliklar, fidokorliklar davom etmoqda. Terrorizmga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli ketmoqda”,-deydi Hulusi Akar.

Turkiyada terrorizmning ildizi quritilgunicha kurash davom etishini aytgan Hulusi Akar: “Mamlakatimizda terrorizmga qarshi kurash davom etar ekan, xavfsizlik kuchlarimiz kurash jarayonida tinch aholiga zarar bermaslikka harakat qilmoqda”,-dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar