Ertaga Turkiyada referendum bo'lib o'tadi

Ertaga, 16-aprel kuni Turkiyada Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish taklifiga bag’ishlangan referendum bo’lib o’tadi.

713242
Ertaga Turkiyada referendum bo'lib o'tadi

Ertaga, 16-aprel kuni Turkiyada Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish taklifiga bag’ishlangan referendum bo’lib o’tadi.

Ushbu referendum konstitutsiyaga 18 moddalik o’zgartirish kiritish taklifiga bag’ishlanar ekan saylovchilar soni Turkiya boylab 55 million 319 ming 222 nafar deya qayd etildi. Ular Turkiya boylab tashkil etilgan 167 ming 140 saylov uchastkasida ovoz beradilar. Qamoqxonalarda esa 461 ta saylov uchastkasi tuziladi.

Ovoz berish faoliyatlari Turkiyaning Adiyaman, Ag’ri, Artvin, Bingo’l, Bitlis, Diyarbakir, Elazig’, Erzinjan, Erzurum, Gaziantep, Giresun, Gumusxane, Hakkari, Kars, Malatiya, Kahramanmarash, Mardin, Mush, Ordu, Rize, Siirt, Sivas, Trabzon, Tunjeli, Shanliurfa, Van, Bayburt, Batman, Shirnak, Ardahan, Ig’dir va Kilis viloyatlarida soat 07:00 da boshlab 16:00 gacha, boshqa viloyatlarda esa soat 08:00 da boshlab 17:00 gacha davom etadi.

Ovoz berish ishlari o’z nihoyasiga yetmasdan oldin uchastkaga kelgan lekin navbati kelmaganligi tufayli ovoz berolmagan saylovchilar ovoz berish vaqti o’z nihoyasiga yetganida saylov uchastkasi raisi tomonidan ro’yhati olinib, navbat bilan ovoz berishadi.

Referendum faoliyatida ishtirok etish va Saylovning asosiy qoidalari va saylovchilar ro’yhati to’g’risidagi qonunning 23-moddasiga muvofiq saylov qutisi qoidalariga a’zo bera oladigan siyosiy partiyalar ham aniqlandi.

Bunga ko’ra Adolat va taraqqiyot partiyasi, Jumhuriyat xalq partiyasi, Xalqlarning demokratik partiyasi va Milliyatchi harakat partiyasi bilan birga ANA VATAN partiyasi, Mustaqil Turkiya partiyasi, Buyuk Birlik partiyasi, Erkin Da’vo partiyasi, Saodat partiyasi bilan Vatan partiyasi referendum faoliyatlarida ishtirok eta olish huquqiga ega va nomi tilga olingan partiyalarning saylov qutisi qoidalariga a’zo berish imkoni ham bor. 

Oliy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan saylov taqvimi doirasida ertaga bo’lib o’tadigan referendumga atalgan targ’ibot tadbiri erkinligi bilan bir necha saylov ta’qiqlari 9-aprel kuni boshlagan. Shunga ko’ra targ’ibot tadbiri erkinligi bugun soat 18:00 dan e’tibor o’z nihoyasiga yetadi. 



Aloqador xabarlar