AQSh kotibligi maslahatchisi Thomas Shannon Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Thomas Shannon Turkiya tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Umid Yalchin bilan siyosiy masalalar bo’yicha fikr almashadi.

703118
AQSh kotibligi maslahatchisi Thomas Shannon Turkiyaga tashrif buyurmoqda

 

AQSh kotibligi maslahatchisi Thomas Shannon 3 aprel kuni Turkiyaga tashrif buyurmoqda.

Thomas Shannon Turkiya tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Umid Yalchin bilan siyosiy masalalar bo’yicha fikr almashadi.

Shuningdek, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi va AQSh kotibligi maslahatchilari o’rtasida bo’lib o’tadigan muzokaralarda ikki davlat munosabatlari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.

Eslatma: Kuni kecha AQSh kotibi Rex Tillerson Turkiyada bo’lib qaytdi.

U tashrifi chog’ida, Suriyada terror tashkiloti PKKning hamkori YPGga berilgan yordam va Fathulloh Gulen harakatining lideri Fathulloh Gulenni Turkiyaga qaytarish xususlarida fikr bildirishdan o’zini olib qochdi.

Aytish joizki, ushbu xususlar Turkiya bilan AQSh o’rtasida muammoga sabab bo’lmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar