Prezident Erdog'an Chanoqqal’a nutqida Gollandiyaning skandal muomalasiga ham to’xtaldi

Prezident Erdog'an “18-mart Chanoqqal’a shahidlarni yodga olish kuni va Chanoqqal’a g’alabasining 102-yilligi munosabati bilan nutq so’zlar ekan o’z nutqida, Gollandiyaning skandal muomalasiga ham to’xtaldi.

694401
Prezident Erdog'an Chanoqqal’a nutqida Gollandiyaning skandal muomalasiga ham to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an “18-mart Chanoqqal’a shahidlarni yodga olish kuni va  Chanoqqal’a g’alabasining 102-yilligi munosabati bilan nutq so’zlar ekan Prezident o’z nutqida Turkiya Respublikasining turklarning birinchi emas oxirgi davlati ekanligini qayd etdi.  

Shuningdek Prezident Erdog’an Turk Qurolli kuchlarining aziz vakillariga, askarlarga, politsiya xodimlariga Chanoqqal’adan o’z minnatdorchiligini ham yetkazdi.

Nutqi davomida Gollandiyaning skandal muomalasiga ham to’xtalgan Prezident Erdog'an o’z so’zini quyidagicha davom etdi:

“Gollandiya hukumati mening Tashqi ishlar vazirimning sayohat qilishiga monelik qildi. Mening Oila va ijtimoiy siyosatlar vazirimni Gollandiyaga kiritmadi. Otlari va itlari orqali mening u yerdagi fuqarolarimga qarshi hujum qildi. Germaniya kantsleri ham Gollandiyaning yonida ekanligini aytdi. Ularning bir-biridan hech qanday farqi yo’q. Va lekin siz nima qilishingizdan qat’iy nazar bu xalqni o’z yo’lidan qaytara olmaysiz. 16-aprelda mening xalqim G’arbning bu xatosiga qarshi kerakli eng to’g’ri javobni beradi” dedi.

Erdog’an, “O’z konsullik binomizga kirolmadik. Xalqaro huquqga ko’ra bunga yo’l qo’yilmaydi shuningdek, bir davlat vaziriga ham darvozalar yopilmaydi. Siz bunga qaramay bizga nisbatan shunday muomala qilishni davom ettirgudek bo’lsangiz unda biz ham kerakli javobni beramiz albatta. Turkiyadagi referendumdan sizga nima demoqchimaku ammo ular bu o’zgarishning nima degan ma’noni anglatishini yaxshi biladilar. Demak roppa-rossa bundan bir asr muqaddam Chanoqqal’ada qanday mag’lubiyatga uchraganlari haligacha eslarida. Prezidentlik tizimining siyosatdan iqtisodiyotga, diplomatiyadan investitsiyagacha har sohada Chanoqqal’a g’alabasining yo’lini ochajagini yaxshi biladilar” dedi.    

 

 



Aloqador xabarlar