O’mer Chelik:"Va’dasiga vafo qilmaslik Yevropa Ittifoqining odatiga aylandi"

Turkiya Yevropa Ittifoqi vaziri O’mer Chelik Yevropa Ittifoq bilan Turkiya o’rtasida Ortga qabul shartnomasini takror ko’zdan kechirishning vaqti yetib kelganini aytdi.

691846
O’mer Chelik:"Va’dasiga vafo qilmaslik Yevropa Ittifoqining odatiga aylandi"

Turkiya Yevropa Ittifoqi vaziri O’mer Chelik Yevropa Ittifoqi bilan ohirgi paytlarda yuzaga kelgan kelishmovchiliklarga doir Reuters xabar agentligiga intervyu berdi.

U o’z intervyusida Yevropa Ittifoq bilan Turkiya o’rtasida Ortga qabul shartnomasini takror ko’zdan kechirishning vaqti yetib kelganini aytdi.

“Turkiya qochqinlar bilan taalluqli bo’lgan Ortga qabul shartnomasining barcha shartlarini bajardi, lekin Yevropa Ittifoqi bironta va’dasini ham bajarmadi”,-deya ma’lum qiladi O’mer Chelik.

Ma’lumki, bu shartnomani amalda davom ettirish evaziga Yevropa Ittifoqi tomonidan Turkiyaga berilgan va’dalar bajarilmadi.

“Turkiya fuqarolariga Yevropa Ittifoqi vizasini bekor qilish xususida shuni anglab yetdik, Yevropa Ittifoqi bu masalada obyektiv va haqqoniy munosabatda bo’lmaydi, bu aniq. Bunday vaziyatda terrorizmga qarshi kurash qoida-qonunini kengaytira olmaymiz. Viza masalasi bo’yicha Yevropa komissiyasi raisining o’rinbosari bilan muzokara o’tkazishimiz kerak edi. Lekin, shu bosqichda bunga holat yo’qdek ko’rinadi”,-dedi.

Va’dasiga vafo qilmaslik Yevropa Ittifoqining odatiga aylanganini aytgan O’mer Chelik: “Agar bu odatidan voz kechmasa aloqalarimizni davom ettira olmaymiz”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar