Milliy  mudofaa vaziri Fikri Ishik, Suriyaning Al Bab hududi butunlay o’rab olindi dedi.

NATO mudofaa vazirlari yig’ilishi uchun  borgan Belgiyaning poytaxti Brusselda  jurnalistlarga izohot bergan Fikri Ishik, Al Babning markazini tozalash uchun  jadal faoliyatlar davom etganini va buning Erkin Suriya qo’shini bilan birgalikda olib borilgani

673956
Milliy  mudofaa vaziri Fikri Ishik, Suriyaning Al Bab hududi butunlay o’rab olindi dedi.

Milliy  mudofaa vaziri Fikri Ishik, Suriyaning Al Bab hududi butunlay o’rab olindi dedi.

NATO mudofaa vazirlari yig’ilishi uchun  borgan Belgiyaning poytaxti Brusselda  jurnalistlarga izohot bergan Fikri Ishik, Al Babning markazini tozalash uchun  jadal faoliyatlar davom etganini va buning Erkin Suriya qo’shini bilan birgalikda olib borilganini ma’lum qildi.

Al -Bab butunlay tozalangandan so’ngra hayotning  normalga qaytishi kutilganini ifoda etgan IShik,

Al Babdan so’ngra Munbichdagi bo’lginchi terror tashkiloti PYD/ PKK unsurlari butunlay tark etishini orzu  qilganlarini  ma’lum qildi..

Ishik,

“ Bu nuqtada AQSh bilan faoliyat olib boramiz. “Orzu qilgan  narsalarimizda hanuzgacha  bir natijaga bora olmadık. Al Bab operatsiyasidan so’ngra ikki  muhim masalamiz bor. Biri Munbich boshqasi Rakka. Munbichda PKKning borligini qabul qila olmaymiz. Bu maqsadni amalga oshirish mavzusida qarolimiz.” Deb aytdi.

AQShning Rakka operatsiyasiga  ahamiyat berganini ma’lum qilgan Ishik, Turkiya  birinchi o’rinda ahamiyat bergan, ushbu operatsiya yanglish unsurlar bilan amalga oshirilmasligi   deb ma’lum qildi.

Bir terror tashkilotiga qarshi boshqa tashkilotdan foydalanishi falokatga sabab bo’lishini  aytgan Mudofaa vaziri,

“ Operatsiyaning yutuqli bo’la olishini istasangiz. Rakka operatsiyani  bo’lginchi terror tashkiloti PKKning Suriyadagi  davomi bo’lgan  YPG bilan emas Arab unsurlar qilinishi kerak dedi.

Men ko’rgan AQSh bu mavzuda aniq qaror bergan emas. Bu ishni PYD  bilan olib boramiz deya qat’iylik ko’rsatmagan  Dedi.

Fikri Ishik, AQSh Bosh shtab rahbari Joseph Dunford ertaga Anqaraga tashrif buyurishini ham bildirdi.

Ishik, Fatullahchi terror tashkiloti va PYD mavzusida Trump boshqaruvi uslubi, Obama boshqaruvi bilan ayni deb o’ylamaymiz dedi.

“ Bundan so’ngra uslublar mushtarak faoliyatning jarayoniga ko’ra shaklanadi.” Dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Fikri Ishik , #Al- Bab , #Qurshov , #AQSh

Aloqador xabarlar