Turkiya Quddusdagi jome’-masjidlarda azon aytilishini ta'qiqlagan Isroilni qoraladi

Mehmet Go’rmez:"Jome’-masjidlarda aytilgan azonga nisbatan salbiy nazar tashlash musulmonlarning e’tiqodini kamsitish ma’nosini bildiradi".

671468
Turkiya Quddusdagi jome’-masjidlarda azon aytilishini ta'qiqlagan Isroilni qoraladi

Turkiya hukumati qoshidagi Din ishlari ko’mitasi raisi Mehmet Go’rmez jome’-masjidlarda aytilgan azonga nisbatan salbiy nazar tashlash musulmonlarning e’tiqodini kamsitish ma’nosini bildirishini aytdi.

Azonning karnaklar vositasida jaranglashini man qiluvchi qonun taklifini ovozga qo’yish arafasida bo’lgan Isroilning bu munosabati Din ishlari ko’mitasi raisi Mehmet Go’rmez tomonidan qoralandi.

“Isroil darhol bu xatosini tuzatishi zarur”,-deydi Mehmet Go’rmez.

Mehmet Go’rmez:“Quddusda azon aytilishini ta’qiqlash nafaqat payg’ambarimiz va uning qadriyatlarini, balki Ibrohim payg’ambar, Muso va Iso payg’ambarlarning qadriyatlariga qarshi chiqish demakdir”,-dedi.

Diniy erkinliklarni ta’qiqlash bilan yo’q qilib bo’lmasligini aytgan Go’rmez: “Siz Quddusda azonni ta’qiqlasangiz, falastinlik har bir inson voiz bo’lib, azon aytadi. Azonga nisbatan shovqin sifatida nazar tashlash, musulmonlarni kamsitish ma’nosini bildiradi. Isroilning darhol bu xatosini tuzatishidan umidvorman”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar