Prezident Erdog’an Anqaraga kelgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Theresa Mayni qabul qildi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an rasmiy ziyorat bilan kecha poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Theresa Mayni Prezidentlik qarorgohida qabul qildi.

661164
Prezident Erdog’an Anqaraga kelgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Theresa Mayni qabul qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Suriya va Iroq masalasining Turkiya-Buyuk Britaniya o’rtasida katta ahamiyat kasb etishini aytdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an rasmiy ziyorat bilan kecha poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Theresa Mayni Prezidentlik qarorgohida qabul qildi.

Prezident Erdog’an Bosh vazir May bilan bo’lgan uchrashuv ortidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Anjuman chog’ida Buyuk Britaniya bilan Turkiya o’rtasidagi 15 milliard dollarlik savdo hajmiga to’xtalgan Erdog’an,

“15 milliard dollarlik savdo hajmimizni ilk bosqichda 20 milliard dollarga chiqarish niyatidamiz. Strategik hamkorlik masalasida biz tashlagan shaxdam qadamlarning uzluksiz davom etishi borasida kelishib oldik” dedi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Theresa May bilan Kipr, Suriya, Iroq va Astana jarayonini qo’lga olganliklarini belgilab o’tgan Prezident Erdog’an, “Suriya va Iroq masalasi Turkiya bilan Buyuk Britaniya o’rtasida katta ahamiyat kasb etadi. Koalitsiya kuchlari bilan Turkiyaning hamkorligini bundan keyingi jarayonda yana-da yaxshilamoqchimiz. Bu borada kelishib ham oldik” dedi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Theresa May ham Prezident Erdog’an bilan Kipr, Suriya, savdo va mudofaa sohalaridagi hamkorlik mavzularini qo’lga olganliklarini aytib o’tdi.

Turkiyaning 2016-yilning 15-iyuli kuni o’z demokratiyasini himoya qilganligini ta’kidlagan Buyuk Britaniya Bosh vaziri, “O’zaro munosabatimizni yana-da yaxshilash har ikki mamlakatga ham foyda beradi” dedi.

Prezident Erdog’an bilan bo’lgan uchrashuvda Kipr masalasining ham kun tartibiga olib chiqilganligini tilga olgan Theresa May, Kiprning muzokara jarayoniga katta ahamiyat berganliklarini ham aytib o’tdi.

 


 

 

 



Aloqador xabarlar