Turkiya Amerikaning yangi prezidenti Donald Trampdan nimalarni talab qiladi?

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirimning fikricha, Donald Trampning siyosiy fikrlarini umuman salbiy baholab bo’lmaydi, lekin Amerika hukumatining Suriya va Iroq siyosatidagi salbiy ko’z-qarashi o’zgarishi kerak.

655243
Turkiya Amerikaning yangi prezidenti Donald Trampdan nimalarni talab qiladi?

Turkiya Amerikaning yangi prezidenti Donald Trampdan uch narsani talab qilmoqda.

Bu haqda Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim gapirib o’tdi.

Binali Yildirimning fikricha, Donald Trampning siyosiy fikrlarini umuman salbiy baholab bo’lmaydi, lekin Amerika hukumatining Suriya va Iroq siyosatidagi salbiy ko’z-qarashi o’zgarishi kerak.

Tramp hukumatidan nimalarni talab qilganini sanab o’tgan Turkiya Bosh vaziri: “Yangi hukumat Fathulloh Gulen harakati lideri Fathulloh Gulenni Turkiyaga topshirishi kerak, PYD ekstremist guruhiga yordam berishni to’xtatishi zarur. Turk xalqining Amerika haqidagi salbiy fikrlarini o’zgartirish uchun aniq natijani ko’rsatishi zarur”,-dedi.

Bundan tashqari, Amerika ham DAIShga qarshi kurashda Turkiya bilan yonma-yon harakat qilishi kerakligini tilga olgan Binali Yildirim Turkiya-Rossiya o’rtasida imzolangan harbiy shartnomaning yana ham kengaytirilishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.

“AQSh Turkiya, Rossiya va qisman Eron hamkorligida olgan mas’uliyatni qo’llab quvvatlash xususida biz bilan birgalikda ish olib bormoqchi. Bu ham muhim narsa. Rossiya bilan keng ko’lamli harbiy shartnoma tuzdik. Koalitsiya davlatlari va Amerika bilan ham bunga o’xshash kelishuv tuzilmoqda”,-deydi Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim.



Aloqador xabarlar