TBMM Yalpi yig’ilishida Ikkinchi bosqichning birinchi ish kuni kecha o’z yakuniga yetdi

Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish taklifiga bag’ishlangan yig’ilish asta-sekin o’z yakuniga yetay deb qoldi.

655251
TBMM Yalpi yig’ilishida Ikkinchi bosqichning birinchi ish kuni kecha o’z yakuniga yetdi

Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish taklifiga bag’ishlangan yig’ilish asta-sekin o’z yakuniga yetay deb qoldi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi Yalpi yig’ilishida Ikkinchi bosqichning birinchi ish kuni kecha o’z yakuniga yetdi.

Taklifning ilk 7 moddasi Majlisning Yalpi yig’ilishida qabul qilindi.

Roppa-rosa 18 moddalik taklifning har bir moddasi uchun deputatlar yashirin ovoz berdi.

Deputatlar faqatgina moddalar tarkibidagi takliflar ustidan so’zga chiqdilar.

Sud mustaqilligiga betaraflik prinsibini ilova etgan 1-modda 345 ovoz bilan qabul qilindi.

Taklifning 2, 3, 4, 5 va 6 moddalarining har biri alohida-alohida 342 ovoz bilan Yalpi yig’ilishda qabul qilindi.

2-modda deputatlar sonini 550 dan 600 nafarga chiqarar ekan, 3-modda esa saylanish yoshini 25 yoshdan 18 yoshga tushirmoqda.

4-modda saylov kunlari haqida.

Ushbu moddaga ko’ra TBMM saylovlari 4 yilda 1 marotaba emas, 5 yilda 1 marotaba o’tkaziladi. Prezidentlik saylovi ham huddi TBMM saylovlaridek 5 yilda 1 marotaba bo’ladi va saylovchilar ikkala saylov uchun ham bir kunda ovoz beradi. Cheklangan vaqti tugagan deputat takror saylanish huquqiga ega.

5 va 6-modda TBMMning burch va huquqlariga atalar ekan 6-moddaga ovoz berish jarayonida yuz bergan muzokara tufayli ovoz berish faoliyati takrorlandi.

Atalgan modda ham yetarli ovozni to’plar ekan 7-modda Prezidentlik uchun nomzodlik qoyish shar-sharoitini aniqlaydi.

Bosh vazir Binali Yildirim, Jumhuriyat xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaro’g’li va Milliyatchi harakat partiyasi lideri Devlet Bahcheli ham Yalpi yig’ilishda ishtirok etdi.  

Ikkinchi bosqichga atalgan uchrashuvlarning bugun tamomlanishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar