Halapdagi tinch aholini ko'chirish uchun takror safarbarlik boshlandi

Suriya Davlat televideniyesi tinch aholini xavfsiz joyga ko'chirish uchun avtobuslar Halapga kirib kelganini xabar qildi.

632865
Halapdagi tinch aholini ko'chirish uchun takror safarbarlik boshlandi

Halapdan tinch aholini ko'chirish tashabbusi takror boshlanishi kutilmoqda.

Suriya Davlat televideniyesi tinch aholini xavfsiz joyga ko'chirish uchun avtobuslar Halapga kirib kelganini xabar qildi.

Suriya rejimi va muxolif manbalarning yozishicha, tinch aholini Halapdan sog'-salomat olib chiqib ketish uchun tomonlar o'zaro kelishib olgan.

O'zaro kelishuvga binoan, muxoliflar tomonidan qamal qilingan ikkita qishloq ham bo'shatiladi.

Eslatma: Turkiya va Rossiyaning ustun g'ayrati bilan tuzilgan shartnoma asosida Halap aholisini ko'chirish faoliyati yo'lga qo'yilgan edi.

 Lekin, Turkiya chegarasi yaqinlaridagi Idlib viloyatiga kirib kelgan transport karvonining juma kuni o'qqa tutilishi oqibatida bu jarayon to'xtatilgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar