Oxirgi vaqtlarda, Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirmoqchi bo’lganlar soni ortdi

Turk qurolli kuchlari Bosh shtab boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra, 2016-yilning 1-11 dekabri kunlari Suriya, Iroq va Erondan Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirishga harakat qilgan 10 ming 314 kishi qo’lga tushgan.

629262
Oxirgi vaqtlarda, Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirmoqchi bo’lganlar soni ortdi

Suriya, Iroq va Erondan Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirishga harakat qilgan 10 ming 314 kishi qo’lga tushdi.

Turk qurolli kuchlari Bosh shtab boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra, 2016-yilning 1-11 dekabri kunlari Suriyadan 10 ming 150, Iroqdan 106 va Erondan 58 jami 10 ming 314 kishi Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirishga harakat qilar chog’ida qo’lga tushdi.

Turkiyadan esa nomi tilga olingan mamlakatlarga kirishga harakat qilgan 31 kishi qo’lga tushgan.

Ular bilan birgalikda turli miqdorlarda qurol-yaroq, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari ham qo’lga tushirildi.

Shuningdek Turkiyaning Tunjeli viloyati, Nazimiye tumanida terroristlarga oid bir boshpanada ko’plab har xil oziq-ovqat va tirikchilik buyumlari topildi.

Chegaralardagi noqonuniy o’tishlarga mone’lik qilish uchun xavfsizlik kuchlari kerakli chora va tadbirlarni ko’rishni davom ettirmqoda.

 



Aloqador xabarlar