Turkiya Oliy majlisida byudjet muzokaralari o'tkazildi

Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak ma’lum qilishicha, mamlakatning xorij davlatlar bilan bo’lgan energiya tijoratida asosan, mahalliy pul birligi bo’lgan turk lirasidan foydalaniladi.

626937
Turkiya Oliy majlisida byudjet muzokaralari o'tkazildi

Turkiya Oliy majlisida o’tkazilgan byudjet muzokaralarida energiya shartnomalari bo’yicha katta o’zgarishlar kuzatilishi aytib o’tildi.

Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak ma’lum qilishicha, mamlakatning xorij davlatlar bilan bo’lgan energiya tijoratida asosan, mahalliy pul birligi bo’lgan turk lirasidan foydalaniladi.

Berat Albayrakning aytishicha, Turkiya energiya siyosatida yangi davrda energiya hajmi hosil qilgan davlatlar bilan mahalliy pul birligi asosida savdo-iqtisodiy faoliyatlarni amalga oshirishi ahamiyatga molik o’zgarishlardan biri hisoblanadi.

Uning aytishicha, Turkiya Rossiya bilan tabiiy gaz savdosida turk lirasidan foydalanish uchun zarur faoliyatlarni yo’lga qo’ydi.

Energiya Turkiyaning rivojlanishiga, taraqqiyotiga va iqtisodiyotiga katta hissa qo’shganini tilga olgan Berat Albayrak, 14 yil ichida energiya sohasida amalga oshirilgan faoliyatlarga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, faqatgina energiya sohasining o’zida Turkiya iqtisodiyotida bo’lgani kabi, taxminan 3 barobar rivojlanish kuzatilganini bildirdi.

Ma’lum bo’lishicha, 2003 yildan buyon taxminan 75 mlrd dollarlik investitsiya bilan xususiy va davlat tashkilotlari Turkiyaning kuchini 32 ming megavatdan 80 ming megavatga chiqargan.

Mahalliy qayta ishlab chiqiladigan energiya manbalarining iqtisodiyotda samaradorligini oshirish uchun zarur faoliyatlar yo’lga qo’yilmoqda.

Jumladan, Turkiyada yilda 13 mlrd kuba metr tabiiy gaz ishlab chiqarish bilan shahar va tumanlarning toza energiyaga erishishi yo’lida katta investitsiya faoliyatlari amalga oshirilmoqda.

Shu yilning oktyabr oyida Jahon energiya kongresi vositasida Rossiya bilan turk oqimi loyihasi bo’yicha shartnoma imzolaganini eslatgan Berat Albayrak turk oqimi loyihasi bilan Turkiya Rossiyaga tabiiy gaz bo’yicha to’belikni oshirmaganini, aksincha g’arbiy oqimdan Turkiyaga jo’natilgan gazning o’rtamchi davlatlarsiz to’g’ridan Turkiyaga kelishi xususida kelishuv ta’minlanganini bildirdi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar