Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Eronda...

Nihat Zeybekchi Tehronda Eron prezidentining birinchi o’rinbosari Ishak Jahongiriy va Eron Kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Mahmud Vaiziy bilan uchrashdi.

604652
Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Eronda...
zeybekci,tahran1.jpg

Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi bir kunlik rasmiy ziyorat maqsadida Eronning poytaxti Tehronda bo’ldi.

Nihat Zeybekchi Tehronda Eron prezidentining birinchi o’rinbosari Ishak Jahongiriy va Eron Kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Mahmud Vaiziy bilan uchrashdi.

Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi va Eron Ma’dan, sanoat va savdo vaziri Muhammed Riza Nimetzoda ishtirokida bo’lib o’tgan uchrashuvga ikki davlat rasmiylari ham ishtirok etdi.

Eron ziyorati chog’ida Nihat Zeybekchiga Markaziy bank, Ziraat banki, Birja Istanbul, Turk sanoatchilar va tadbirkorlar jamiyati TUSIAD, Mustaqil sanoatchi va tadbirkorlar jamiyati MUSIAD, Turkiya Eksportchilar majlisi, Xalqaro naqliyotchilar jamiyatidan qator mutasaddilar hamrohlik qildi.

Nihat Zeybekchi Eron rasmiylari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlar chog’ida Turkiya bilan Eron o’rtasidagi tijoratning rivojlanishida bankchilik sohasining katta ahamiyati borligini aytib o’tdi.

“Turkiya-Eron munosabatlarida savdo-iqtisodiy hamkorlik bilan bir qatorda, bankchilik sohasi ham izchil rivojlanishi zarur. Eron banklari Turkiyada, turk banklari Eronda faoliyat ko’rsatishi uchun zarur tashabbuslar yo’lga qo’yishi kerak. Bunga doir shartnoma oldindan imzolangan. Yaqinda mavzuga doir faoliyat olib boramiz. Mana yaqinda Turkiyada Eron banki ochildi. Turkiyaga tegishli Xalq bankning filiali Eronda xizmat bermoqda. Ayni paytda, Eronda Ziraat bankining ham filiali ochilishini istaymiz”,-deydi Nihat Zeybekchi.

Tehronda 2016 yil yakunida Turk savdo markazining ochilishi rejalanganiga e’tibor qaratgan Nihat Zeybekchi: “Vazirligimiz tomonidan olingan qarorga binoan, 13 ta davlatda Turk savdo markazi ochiladi. Bulardan biri Tehronda tashkil qilinadi. Buning uchun Tehronda ulkan bino tanlandi. Bu binoning ijara puli vazirligimiz tomonidan to’lanadi. Umid qilamizki, turk shirkatlari bu markazlarda o’z ofislarini ochadilar va mahsulotlarini sotadilar”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar