Turkiyadagi suriyaliklar o’z vataniga qayta boshladilar

Qariyb 3 yil muqaddam Turkiyaga kelgan suriyaliklar, o’z yurtlariga qaytish uchun havo harorati 47 daraja issiq bo’lishiga qaramay “Karkamish” nomidagi chegara darvozasiga qarab yo’l oldi.

563451
Turkiyadagi suriyaliklar o’z vataniga qayta boshladilar

Suriyaning Jerablus mintaqasi Turk qurolli kuchlarining yordami bilan DEASh terror tashkilotidan qutqarilar ekan Jerablus aholisi o’z uy-joylariga qayta boshladi.

Mintaqa aholisi DEASh terror tashkilotidan qutilgani uchun xursand bo’lar ekan terror tashkiloti tomonidan man etilgan telefon, televizor va sun’iy yo’ldosh antennalarining ham takror ishlatila boshlaganligi kuzatildi.

Harbiy kuchlar esa Jerablus va chegara atrofidagi DEASh tomonidan joylashtirilgan minalarni nazoratli ravishda portlartmoqda. Portlashlar va portlash ketidan osmonga ko’tarilgan tutunlar esa Turkiyadan ham eshitilmoqda.  

Chegaraning Turkiya tomonida esa, o’z yurtlaridagi ichki urushdan qochib Turkiyada jon saqlagan suriyaliklar takror yo’lga chiqdi.

Qariyb 3 yil muqaddam Turkiyaga kelgan suriyaliklar, o’z yurtlariga qaytish uchun havo harorati 47 daraja issiq bo’lishiga qaramay “Karkamish” nomidagi chegara darvozasiga qarab yo’l oldi.

Kecha kechqurundan boshlab Turkiyaning Gaziantep va Diyarbakir viloyatlaridan yo’lga chiqqan tankalar bilan zirhli transportlar ham Karkamish chegara liniyasidagi Soylu mahallasiga yaqin joyga borib navbatchilik qilmoqda.

Undan tashqari Ofat va favqulodda vaziyat boshqaruv apparati xodimlari, 8 kunni ortda qoldirgan “Firat qalqoni” amaliyoti doirasida Jerablusga gumanitar yordam olib borish uchun o’z faoliyatlarini boshlatdi.

Ma’lum qilinishicha mintaqaga avvalom bor eng asosiy oziq-ovqat mahsulotlari shu jumladan unning yuborilishi va mintaqadagi novvoyxonalarning ta’mir etilishi rejalashtirilmoqda.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar