Kecha Turkiyaning Gaziantep viloyatida miting o'tkazildi

Birdamlik, hamjihatlik va qardoshlik mitingida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an nutq so’zladi.

561110
Kecha Turkiyaning Gaziantep viloyatida miting o'tkazildi
cumhurbaşkanı erdoğan gaziantep'te.jpg
cumhurbaşkanı erdoğan gaziantep'te.jpg

Kecha Turkiyaning Gaziantep viloyatida “Birdamlik, hamjihatlik va qardoshlik mitingi” o’tkazildi.

Mitingda Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an nutq so’zladi.

Ma’lum bo’lgani kabi, 20 avgust kuni terror tashkiloti DAISh tomonidan qonli terrorchilik harakati sodir qilingan edi va voqeada 54 inson halok bo’lgan edi.

Terrorizmni qoralash va halok bo’lganlarni yodga olish maqsadida uyushtirilgan mitingda avvalo terrorizmga qarshi kurash jarayoniga e’tibor qaratildi.

Prezident Erdog’an so’zlagan nutqida, terror tashkilotlariga qarshi operatsiyalar terrorizmning ildizi quritilgunicha davom etishini ma’lum qildi.

Turkiya terror tashkilotlariga aslo bo’yin egmasligiga diqqat qaratgan Erdog’an 20 avgustda sodir qilingan qonli terror hujumidan maqsad xalqni qo’zg’alonga chorlash ekanini ma’lum qildi.

“Xalqimizning siyosiy ko’z-qarashiga nazar tashlab, bu hujum bilan ularni qo’zg’atishga harakat qilganlarning umidlari yana bir marta puchga chiqdi”,-deydi Prezident Erdog’an.

Suriyaning Jarablus hududini DAIShdan tozalash uchun yuritilgan “Firat qalqoni” operatsiyasiga to’xtalgan Erdog’an: “Jarablus xalqi takror uylariga

kelib joylasha boshladi. Gaziantepdagi qochqin lagerlarida yashayotgan Jarablus aholisi agar vataniga qaytadigan bo’lsa, kerakli yordamni berishga tayyorman”,-dedi.

Shuningdek, mitingda Fathullohchi terror tashkilotining 15 iyuldagi hukumatni to’ntarish tashabbusiga ham e’tibor qaratildi.

Mamlakatda o’lim jazosini takror qabul qilish masalasiga to’xtalgan Erdog’an: “Xalqning bu talabi Turkiya Oliy majlisida qabul qilinsa, men ham bu qarorni tasdiqlayman”,-dedi.

Ma’lum qilinishicha, Fathullohchilarga qarshi kurash nafaqat Turkiyada, balki dunyoning barcha davlatlarida davom etmoqda.

Prezident Erdog’an xorijdagi davlat va hukumat rahbarlari bilan maslahatlashib, “Yo bizni tanlang yoki ularni” deya shart qo’ymoqda.

Uning fikricha, bir-biriga qarshi bo’lib ko’ringan terror tashkilotlari aslida, bitta markaz tomonidan boshqarilmoqda.

Ularning orqasida yakka hokimiyat mavjud. Bundan voz kechish kerak.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Gaziantep , #miting , #Erdog'an , #terrorizm , #Jarablus

Aloqador xabarlar