“Firat qalqoni” amaliyoti chog’ida yana 1 askar shahid bo’ldi

Jerablusdagi amaliyotda terroristlar, Turk qurolli kuchlariga oid tanklarga qarshi raketa otdi.

560567
“Firat qalqoni” amaliyoti chog’ida yana 1 askar shahid bo’ldi

Suriyaning Jerablus shahrida davom etgan va “Firat qolqoni” deb nomlangan amaliyot chog’ida Turk qurolli kuchlariga oid tanklarga qarshi PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD a’zolari tomonidan raketa otildi. Oqibatida 1 nafar askar shahid bo’lar ekan, 3 nafar askar ham tan jarohati oldi.

Shahid bo’lgan askar bilan tan jarohati olgan 3 askar, vertolyot orqali Turkiyaga olib kelindi.

Voqea ortidan nishonga olingan terroristlar mavzeiga qarshi Turk qurolli kuchlari tomonidan quriqlikdan va havodan qarshilik berildi.

Havo hujumi oqibatida 25 nafar PKK/ PYD a’zosi terroristlar o’ldirilar ekan nomi tilga olingan terroristlar tomonidan foydalanilganligi aniqlangan 5 bino vayron qilindi.

Erkin Suriya armiyasi,  PYD terror tashkiloti bosib olgan Amarna, Ayn-Albayda, Balaban, Bir Ko’se, Haraba, al-Hijaj va Debis qishloqlarini qaytarib oldi.

Erkin Suriya armiyasi shuningdek, Jerablus atrofidagi DEASh tomonidan bosib olingan Balveren, Zahiriye va Molla Yakup qishloqlarini ham oldi.

Shu yo’l orqali Erkin Suriya armiyasi, bugun qaytarib olgan 10 qishloq bilan birgalikda jami 29 qishloqning nazoratini ta’minladi.

Undan tashqari mintaqadagi DEASh unsurlarini nishonga olinib, vayron qilmoqda.



Aloqador xabarlar