Turkiyaga dunyoning har tomonidan ta'ziya maktublari kelmoqda

AQSh, Rossiya, Angliya, Yunoniston, Shvetsiya, Iordaniya, Qatar, Bahreyn, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va boshqa ko'plab xorij davlatlardan Turkiyaga ta'ziya maktublari keldi.

556274
Turkiyaga dunyoning har tomonidan ta'ziya maktublari kelmoqda

Turkiyaning Gaziantep viloyatida sodir bo’lgan terrorchilik harakati munosabati bilan ko’plab xorij davlatlardan ta’ziya maktublari kelmoqda.

Jumladan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji ushbu xoin terror hujumini qoraladi.

Akinji: “Shimoliy Kipr Turk Respublikasi xalqi nomidan bu motam kunida Turkiya xalqiga chuqur ta’ziya bildiraman. Ushbu qonli voqeada halok bo’lganlarga Allohdan rahmat, yaradorlarga esa, shifo tilayman”,-dedi.

AQShning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi John Bass Gaziantepdagi terror hujumini qoraladi.

John Bass: "Kecha oqshom Gaziantepda sodir bo’lgan hujumni qoralaymiz. Ittifoqdoshimiz Turkiyaga madadkormiz, mushtarak terror tahdidini bartaraf etish uchun hamkorlik qilishga va’da beramiz”.

Angliyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Richard Moore: “Go’zal Gaziantepdagi ayanchli voqeada halok bo’lganlarning yaqinlariga ta’ziya bildiraman va yaradorlarga esa, shifo tilayman. Ushbu qonli terror hujumini va ohirgi paytlarda avj olgan PKK qatliomlarini qattiq qoralayman. Angliya terrorizmga qarshi kurashda Turkiyaga madadkordir”,-dedi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Gaziantepda sodir bo’lgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anga ta’ziya maktubi yo’lladi.

Kremldan ma’lum qilinishicha, Vladimir Putin turk hamkorlar bilan terrorizmga qarshi kurashda yana ham yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanini tilga olgan.

Yunoniston Tashqi ishlar vazirligi ham Gaziantepda sodir bo’lgan qonli terror hujumini qoraladi.

“Terrorizmga qarshi kurashda turk xalqiga madadkormiz”,-deb yoziladi Yunoniston Tashqi ishlar vazirligining tvitter hisobida.

Shuningdek, qurbonlarning yaqinlariga ta’ziya bildirildi.

Katolik olamining ruhoniy lideri va Vatikan Davlat rahbari Papa Franciscus: “Aziz Turkiyani motamga cho’mgan qonli terror hujumi haqida xabar oldim. Terror qurbonlari, shahidlar va yaradorlar uchun duo qilaylik. Butun dunyoda tinchlik bo’lsin!”,-dedi.

Iordaniya hukumat kotibi Muhammad Al-Mumeni: “Gaziantepdagi to’yxonaga qarata sodir qilingan terror hujumini qoralaymiz. Bunday qonli voqealar mintaqa davlatlari va xalqaro hamjamiyatning terror tashkilotlariga qarshi kurashda qo’lni qo’lga berib, harakat qilishi kerakligini taqazo qiladi. Iordaniya terrorizmga qarshi kurashda Turkiyaga madadkordir. Turkiya hukumatiga ta’ziya bildiramiz va yaradorlarga Allohdan shifo tilaymiz”,-dedi.

Bahreyn Tashqi ishlar vazirligi terror hujumi Turkiyaning xavfsizligiga va barqarorligiga rahna solganini ma’lum qildi.

Radikalizm, shiddat va terrorizmga qarshi kurashda Bahreyn Turkiyaga madadkor ekani qayd etildi.

Qatar Tashqi ishlar vazirligi yozma bayonotida: “Turkiya Respublikasi va turk xalqiga madadkormiz. Mamlakatning xavfsizligi va barqarorligini himoya qilish faoliyatlarini qo’llab quvvatlaymiz”,-dedi.

Shvetsiya Tashqi ishlaar vaziri Margot Vallstrom: “Turkiya bilan terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikka tayyormiz”,-dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar