Turkiya bo’ylab aholi maydonlarni tark etmayotir...

Prezidentlik saroyi oldiga o’rnatilgan ulkan ekranlarda 15 iyuldagi qonli voqealarni tomosha qilgan aholi “Shahidlar o’lmas, vatan bo’linmas” deb hayqirdi.

548121
Turkiya bo’ylab aholi maydonlarni tark etmayotir...
Meydanlardaki demokrasi nöbeti sürüyor2.jpg
Meydanlardaki demokrasi nöbeti sürüyor1.jpg

Turkiya bo’ylab aholi Fathullohchi terror tashkilotining 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusini qoralash maqsadida maydonlarni tark etmayotir.

Kecha poytaxt Ankara aholisi Qizilay maydonida to’planib, qonli to’ntarish tashabbusini qoraladi.

Ankara Buyuk shahar hokimiyati qoshidagi “Mehter” ansambli maydonda qurilgan ulkan sahnada o’z mahoratini namoyish qildi.

Insonlar qo’llarida turk bayroqlarini ko’tarib, turkcha va inglizcha yozilgan shiorlar bilan chiqdi.

Prezidentlik saroyi oldiga o’rnatilgan ulkan ekranlarda o’sha kungi qonli voqealarni tomosha qilgan aholi “Shahidlar o’lmas, vatan bo’linmas” deb hayqirdi.

Istanbulda Taksim maydonida to’plangan aholi Beyog’lu hokimiyati tomonidan chalingan gimn va qo’shiqlarga jo’r bo’ldi.

“Tik tur egilma, bu millat sen bilan birga” shiorlarini ko’targan aholi maydonlarga o’rnatilgan ulkan ekranlardan halok bo’lgan va majruh bo’lgan fuqarolarning tasvirlarini tomosha qildi.

Izmirdagi Ko’nak maydonida 15 iyuldan beri har kuni oqshomda to’plangan aholi qo’llarida turk bayroqlari bilan kuy-qo’shiqlarga jo’r bo’ldi, gimnni kuyladi va Fathulloh Gulen harakatini qoraladi.

Qolaversa, ekranlarda Prezident Erdog’an bilan Bosh vazir Binali Yildirimning nutqi va 15 iyuldagi to’ntarish tasvirlari namoyish qilindi.

Batmanda turk bayroqlari bilan bezatilgan Adolat ko’chasida ham namoyishlar davom etmoqda.

Kur’on tilovati bilan boshlangan namoyish turkcha, kurdcha va arabcha ilohiylar jo’rligida davom etdi.

Giresun aholisi ham har kuni oqshom paytlarda Otaturk maydonida to’planmoqda.

Qisqasi, Turkiyaning har tomonida namoyishlar, mitinglar ko’tarinki ruhda, bayram muhitida sayllar bilan o’tkazilmoqda.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #miting , #maydon , #demokratiya , #Ankara

Aloqador xabarlar