UNESCO-ning Jahon merosi qo'mitasi 40-yig’ilishi kecha Istanbulda boshladi

Yig’ilish Istanbuldagi Lutfiy Kirdar nomidagi Kongress va madaniyat markazida o’tkazilmoqda.

527211
UNESCO-ning Jahon merosi qo'mitasi 40-yig’ilishi kecha Istanbulda boshladi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkilotining Jahon merosi qo'mitasi 40-yig’ilishi kecha Istanbulda boshladi.

Yig’ilishning ochilish marosimida gapirgan Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim, UNESCO-ning ma’suliyatining judayam katta ekanligiga to’xtalib o’tdi.

Shuningdek asrlardan buyon turli madaniyatlarga mezbonlik qilgan va dunyoning ikkita qit’asining o’rtasida o’rin olgan bu ajoyib shaharning yani Istanbulning aslida ochiq-havo muzeyi ekanligini aytib o’tgan Yildirim, UNESCO-ning 40-qo’mita yig’ilishining nomi tilga olingan shaharda o’tkazilishining katta ahamiyat kasb etganligini ifodaladi.

Yildirim, UNESCO-ning tashkil topganidan beri dunyo madaniy merosini himoya qilish uchun muhim faoliyatlar olib borganligini lekin shunga qaramay ko’zlangan maqsadga hali hanuz erishilmaganligini belgilab, kelajakda UNESCO-ning amalga oshirishi kerak bo’lgan masalalarga to’xtalib, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.  



Aloqador xabarlar