Erdog'an, Muhammad Alining janoza marosimida ishtirok etadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, 3-iyun kuni olamdan o’tgan afsonaviy boksyor Muhammad Alining janoza marosimida ishtirok etish uchun bugun Amerika Qo’shma Shtatlariga jo’nab ketdi.

507127
Erdog'an, Muhammad Alining janoza marosimida ishtirok etadi

Prezident Erdog’an Amerikaga jo’nab ketishdan oldin Ankarada joylashgan Esenbog’a nomidagi aeroportda bayonot berdi. Janob Erdog’an o’z bayonotida, Muhammad Ali haqida gapirar ekan;

“Muhammad Alining har bir so’zi, har bir mushti, har bir g’olibiyati Afrikadan Osiyogacha milliardlab mazlumga kuch va quvvat berdi” dedi.

Muhammad Alining irqchilikga va kamsitishlarga qarshi kurash olib borganligiga e’tibor qaratgan Prezident Erdog’an uning, “Olloxdan boylik tilagan edim, Ollox menga islomni berdi” degan so’zlarining judayam mazmunli ekanligini ta’kidladi.

Muhammad Alining, islom dinini qabul qilganidan keyingi o’rnak say-harakati orqali Turkiyadagi bir necha kishining ham islom dinini qabul qilganligini belgilab o’tgan Prezident Erdog’an;  

“Ayniqsa 11-sentabrda yuz bergan terakt ortidan, o’t o’chiruvchi kaskasini kiyib olib, ‘Islom qotil din emasdir, islom tinchlik dinidir’ deyishi hech qachon yodlardan chiqmaydi” deya gapirdi.

Erdog’an, Muhammad Alining, islom dinini qabul qilganidan keyin Turkiyani ziyorat qilgan kunlarini ham yodga olgan holda;

“Shunday ekan Turkiya Respublikasi Prezidenti sifatida uning janoza marosimida ishtirok etish orqali uning oldidagi oxirgi burchimizni ado etmoqchimiz” dedi.

Erdog’an shuningdek, janoza marosimida ishtirok etishi kutilgan chet ellik oliy darajali yetakchilar bilan ham uchrashuv o’tkazishi mumkin. Yaqin kunlarda AQShga ko’chib ketib, Chicago shtatiga joylashgan ahiskalik turklar va mintaqa musulmonlari bilan ham iftor dasturxonida uchrashadi.

 

 



Aloqador xabarlar