Ibrahim Qalin: "DEASh, ishonchlarni haqorat qilmoqda".

Bu haqida TRT World kanaliga bayonot bergan Ibrahim Qalin DEASh, YPG va ichki urush davom etgan Suriya masalasiga to’xtaldi.

501664
Ibrahim Qalin: "DEASh, ishonchlarni haqorat qilmoqda".

Prezident voizi Ibrahim Qalin, “DEASh terror tashkilotining o’z faoliyatlarini Islom diniga atashi, ishonchlarga nisbatan haqoratdir” dedi.

Bu haqida TRT World kanaliga bayonot bergan Ibrahim Qalin DEASh, YPG va ichki urush davom etgan Suriya masalasiga to’xtaldi.  

DEASh terror tashkilotining, Suriya urushidagi 2ta maxluqdan biri ekanligini va yuritgan faoliyatlarining ham qo’rqinchli va odamgarchilikdan iroq, vahshiylarcha ekanligini ta’riflagan Qalin;

“Bularni islom dini uchun amalga oshirganligini aytishi esa, bu dunyoda yashagan barcha odam bolasi ishonchiga nisbatan haqoratdir” dedi.

Ibrahim Qalin, Amerika Qo’shma Shtatlari PKKni “terror tashkiloti” deya tan olar ekan uning Suriyadagi qanoti YPGni “terror tashkiloti emas” deyishiga ham to’xtaldi.

YPGning AQSh va Rossiya tomonidan qo’llab-quvvatlanganligini ta’kidlagan Qalin;

“Ularning YPG terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashini tushunolmayabman. AQSh va Rossiya qanday qilib YPG terror tashkilotiga yordam berishi mumkin? Bu kurash kimga qarshi?” deya e’tiroz etdi.  

Prezident voizi, DEASh terror tashkilotini yo’q qilish maqsadida tashkil topgan koalitsionning muvaffaqiyatsizligiga ham to’xtaldi.

Ibrahim Qalin;

“Eng muhimi, DEASh terror tashkilotiga qarshi xalqaro koalitsion kuch tashkil etilgan. Lekin bugungacha, DEAShga qarshi qay darajada muvaffaqiyatli ish olib borilib, borilmaganligini aytish murakkab. Meni fikrimcha, DEAShni yo’q qilish uchun yetarli faoliyatlarni yurita olmadik” dedi. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ibrahim Qalin , #DEASh , #Bashar al-Asad

Aloqador xabarlar