Anqaradagi terakt ustidan tergov ishlari davom etmoqda

Bu borada bugun 3 kishi qamoqqa olindi.

491363
Anqaradagi terakt ustidan tergov ishlari davom etmoqda

Turkiya poytaxti Anqaraning Chankaya tumaniga qarashli Qiziloy mahallasida 13-mart kuni sodir bo’lgan terakt doirasida, nazorat ostiga olinganlar soni 8 nafarga chiqdi.  

Qiziloy mahallasida joylashgan Guvenparkdagi bombali hujum to’g’risida tergov ishlari davom etar ekan, ushbu tergov ishlarini yuritayotgan prokurorlar Anqara, Istanbul va Karsda nazorat ostiga olingan 4 kishidan 3 nafarining qamalishini talab qildi.   

Prokurorlar shubhalilardan A.K. va S.K. ning “Davlat birligi va butunligini buzish”, “Odam o’ldirish” va “Odam o’ldirishga urinish”, S.Y.ning esa “Davlat birligi va butunligini buzish” jinoyatlaridan qamoqqa olinishini talab qildi. Shubhalilar A.K, S.K. va S.Y. so'roq qilinishi ortidan qamoqqa olindi.   


Tanlangan kalimalar: #Anqara , #bombali hujum , #shubhalilar

Aloqador xabarlar