Turkiyaning Hakkari viloyatida terroristlar bilan otishma paytida bir askar halok bo'ldi

Xavfsizlik manbalari ma’lum qilishicha, Dag’lija tumanidan Iroq chegarasiga yaqin masofada joylashgan Kurki tepaligida terror tashkiloti PKK makonlariga qarshi operatsiya o'tkazildi.

490645
Turkiyaning Hakkari viloyatida terroristlar bilan otishma paytida bir askar halok bo'ldi

Turkiyaning sharqidagi Hakkari viloyati Dag’lija tumanida terroristlar bilan otishma paytida bir askar halok bo’ldi.

Xavfsizlik manbalari ma’lum qilishicha, Dag’lija tumanidan Iroq chegarasiga yaqin masofada joylashgan Kurki tepaligida terror tashkiloti PKK makonlariga qarshi erta tongda havo operatsiyasi o’tkazildi. 

Operatsiyada bir guruh terroristlar bilan otishma paytida bir askar halok bo’ldi.

Turk Qurolli kuchlari mamlakat bo’ylab va chegara ortida ya’ni Iroqning shimoliga makon qurgan PKK terror tashkiloti makonlariga havodan hujum qildi.

Avashin, Basyan, Chukurja, Zap, Harkuk, Gara, Metina, Qandil, Sinath, Haftanin va Gevanakurki hududlaridagi terror makonlariga jangovar samolyotlar vositasida hujum qilindi.

Operatsiyada terroristlarga tegishli yer to’lalar, o’q-dori omborlari va ko’plab qurol-aslaha zahiralari portlatildi.

Turk Qurolli kuchlari ma’lum qilishicha, Turkiyaning sharqida va Iroqning shimolidagi terror makonlariga nisbatan havo operatsiyalari davom etadi.

 



Aloqador xabarlar