Hakkarida yuz bergan to'qnashuv oqibatida 8 askar shahid bo'ldi

F-16 uchog’i, hujum vertolyotlari, haydovchisiz havo vositalari va qo’shimcha qurolli kuch yuborilgan mintaqada to’qnashuv davom etar ekan, hozirgacha 6 terrorist o’ldirildi.

489946
Hakkarida yuz bergan to'qnashuv oqibatida 8 askar shahid bo'ldi

Turkiyaning Hakkari viloyati, Chukurja tumanida bugun ertalabgi PKK terror tashkilotiga qarshi kurash chog’ida 8 askar shahid bo’ldi.

Askarlardan 6 nafari, terroristlarning Chukurja tumanidagi Chig’li baza mintaqasida chiqqan to’qnashuv chog’ida shahid bo’ldi.

To’qnashuv ortidan mintaqaga yuborilgan Kobra vertolyoti buzilib yerga qular ekan, vertolyotdagi 2 askar ham shahid bo’ldi.   

F-16 uchog’i, hujum vertolyotlari, haydovchisiz havo vositalari va qo’shimcha qurolli kuch yuborilgan mintaqada to’qnashuv davom etar ekan, hozirgacha 6 terrorist o’ldirildi.

Shu bilan birga Shirnakda davom etgan terrorga qarshi kurash jarayonida ham 15 terrorist o’ldirildi.

Turkiyaning Siirt viloyati, Baykan tumanida esa xavfsizlik kuchlarining “to’xta” degan buyrug’iga amal qilmay qochib ketgan 2 mashinaga o’q uzilishi oqibatida chiqqan to’qnashuvda ham 2 terrorist o’ldirildi. Bir nafar askar esa tan jarohati oldi.


Tanlangan kalimalar: #Hakkari , #terrorga qarshi kurash , #shahid

Aloqador xabarlar