“Butunjahon gumanitar sammiti” Istanbulda o'tkaziladi

BMTning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi gumanitar yordam ofisi koordinatorlari, butun dunyo liderlarini ushbu sammitda ishtirok etishda chaqirdi.

485328
“Butunjahon gumanitar sammiti” Istanbulda o'tkaziladi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi gumanitar yordam ofisi koordinatorlari qo’shma bayonot qabul qilib unda, butun dunyo liderlarini Istanbulda o’tkaziladigan “Butunjahon gumanitar sammiti”da ishtirok etishga chaqirdi.

Iroq, Suriya, Iordaniya, Livan, Yaman, Falastin va Liviyadagi gumanitar yordam ofislari koordinatorlari butun dunyo liderlarini mintaqada yuz berayotgan muammolarni, muammoni yaqindan kuzatib borgan mutahassislardan tinglashini va muammolarga qarshi samarali chora-tadbir ko’rishlarini talab qildilar.  

Undan tashqari liderlarning o’z zimmasidagi vazifalarini ado etishlari va mintaqada to’kilgan qonni to’xtatish uchun siyosiy yechim yo’li topishlari kerakligi ta’kidlandi.

“Mintaqada 55 million kishi gumanitar yordamga muhtoj” degan ifodalar o’rin olgan qo’shma bayonotda, bu insonlarning dardiga darmon bo’lishlik, ularning insoniy qadr-qimmatini himoya qilishlik va ularga gumanitar yordam yetkazib berishlik barchaning javobgarchiligi ostida ekanligiga e’tibor qaratildi.

Mana shunday murakkab chog'da, tarixda birinchi marotaba o'tkazilayotgan bu sammit 23-24-may kunlari Istanbulda bo’lib o’tadi. Sammitda “Butunjahon gumanitar sammiti”ga a’zo davlatlar, nohukumat tashkilotlar, xususiy sektor vakillari kabi qariyb 6 ming kishining ishtirok etishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar