Bugun marhum Prezident Turgut O’zal yodga olindi

Turgut O'zal, Turkiya Respublikasining 8-Prezidenti edi. Bugun vafotiga 23 yil to'ldi.

472512
Bugun marhum Prezident Turgut O’zal yodga olindi

Turkiyaning 8-Prezidenti Turgut O'zal, vafotining 23-yilligida qabri boshida yodga olindi.

Istanbuldagi Topkapi saroyida joylashgan maqbarasida uyushtirilgan marosimda Turgut O'zalning turmush o'rtog'i Semra O'zal, farzandlari Ahmet va Efe O'zal, Prezidentning Bosh kotibi Fahriy Kasirga, Istanbul shahar hokimi Vasip Shahin va ba'zi sobiq vazirlar bilan fuqarolar ishtirok etdilar.

O'zal hayoti haqida gapirilganidan keyin marhum Prezidentning qabriga gulchambar qoyildi va 1 daqiqa sukut saqlandi.

Oilasi va ishtirokchilar marhum Prezident ruhiga atab Qur'on o'qidilar.

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, Turgut O'zal vafotining 23-yilligi munosabati bilan quyidagi satrlarni qalamga oldi:

“Turkiya Respublikasining 8-Prezidenti marhum Turgut O'zal, yurtimizning jadal rivojlanishi uchun amalga oshirgan faoliyatlari, demokratlashtirish va rivojlanish jarayonida iz qoldirgan xizmatlari tufayli xalqimiz hurmatiga sazovor bo'lgan“dedi.

Erdog'an, Turgut O'zalning, yurtimizning rivojlanishi va shaxdam qadam tashlashida yetakchi rol o'ynaganligini va millatimiz qalbida o'zgacha o'rin egallaganligini ham ta'kidladi.



Aloqador xabarlar