Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Al Suud Turkiyada...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Al Suudni aeroportda kutib oldi.

469248
Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Al Suud Turkiyada...

Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Al Suud kecha Turkiyaning poytaxti Ankaraga tashrif buyurdi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Al Suudni aeroportda kutib oldi.

R.T.Erdog'an bilan Selman Bin Abdulaziz o'rtasida bo'lib o'tadigan rasmiy uchrashuvlarda avvalo ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.

Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Al Suud Ankaradagi uchrashuvlarni yakunlab, 14-15 aprel kunlari Istanbulda o'tkaziladigan Islom Hamkorlik Tashkilotining 13-Islom sammitiga qatnashadi.

Sammitda Falastindagi qiyinchiliklar, islomga qarshi salbiy ko'z-qarash, islom dunyosida yuzaga kelgan global muammolarga yechim izlanuvlari muhokama qilinadi.

Sammitga tayyorgarlik yig'ilishlari doirasida a'zo davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari bugun to'planmoqda.



Aloqador xabarlar