Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Al Suud tantanali marosim bilan kutib olindi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Turkiyaga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Al Suudga Davlat ordenini taqdim etdi.

469793
Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Al Suud tantanali marosim bilan kutib olindi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Turkiyaga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Al Suudga Davlat ordenini taqdim etdi.

Prezidentlik saroyidagi rasmiy kutib olish marosimidan so'ng, Davlat ordenini taqdim etish marosimi o'tkazildi.

Marosimda so'zga chiqqan Prezident Erdog'an ta'kidlashicha, Turkiyaning eng buyuk nishoni bo'lmish Davlat ordeni horijiy davlat rahbarlariga taqdim etiladi.

Erdog'an: “Bu orden ikki davlat o'rtasidagi aloqalar va do'stlik rishtalarining mustahkamlanishiga turtki bo'lgan say-harakatlarni taqdirlashning ramzidir. Aziz do'stim! Saudiya Arabistonda taxtga o'tirgan kuningizdan beri davlatlarimiz o'rtasidagi do'stona aloqalarning rivojiga katta hissa qo'shdingiz. Ikki xalq o'rtasida ildizi moziyga borib taqalgan azaliy do'stlik va qardoshlik aloqalarining yana ham mustahkamlanishiga doir kuchli irodangizni namoyon qildingiz. Global muammolar hukm surgan mintaqamizda chidamli uslubingiz, mintaqaviy tinchlik, xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik uchun kafolat berdingiz. Darvoqe, bugungi tashrifingiz ham aloqalarimizning rivojiga ko'rsatgan e'tiboringizning yaqqol isbotidir. Bu tushunchalar bilan azaliy do'stligimizning ramzi sifatida ushbu nishonni zoti-oliylariga taqdim etganimdan baxtiyorman",-dedi.

Ko'rsatilgan hurmat-ehtirom va o'ziga taqdim etilgan davlat ordeni uchun minnatdorchilik bildirgan Qirol Selman: “Shubhasiz, Turkiya bilan bo'lgan aloqalarimiz taqdirga loyiqdir",-dedi.

Prezidentlik saroyiga kirib kelar ekan, Qirol Selmanni kutib olgan otliqlar unga hamrohlik qildi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an bilan Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Al Suud marosim maydoniga kelib turgach, ikki davlatning milliy gimni chalindi.

Qirol Selman marosim ahli bilan salomlashdi.

Marosimda tarixda tuzilgan 16 turk davlatining ramzi bo'lgan bayroqlar va otliq askarlar saf tortdi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an bilan Saudiya Arabistoni Qiroli Selman Bin Abdulaziz Al Suud Turkiya va Saudiya Arabistoni bayroqlari oldida matbuotga bayonot berdi.



Aloqador xabarlar