Terroristlar Istanbulda Bayrampashada joylashgan politsiya mudirligiga hujum uyushtirildi

Istanbulda Bayrampashada joylashgan politsiya mudirligiga qurolli va granata bombasi bilan hujum uyushtirgan 2 nafar ayol terrorist o'ldirildi.

443768

Terroristlar, avval politsiyaga qarshi javob berib ortidan qochib saqlangan bir binodagi uyda qurshab olindi.

Bino atrofida jiddiy- chora- tadbirlar olindi, maxsus harakat politsiya ham voqea joyiga yetib keldi.

Keyinchalik taslim bo'l chaqiriqlariga rioya qilmagan terroristlar, uyushtirilgan operatsiya bilan ta'sirsiz holga keltirildi.

Istanbul gubernatori Vasip Shahinning aytishicha 2 nafar politsiya ham yaralangan.

Boshqa tomondan, hujum ko'rinishi hududdagi kameralarda aks etdi.

Tasvirlarda, 2 nafar ayol terroristdan biri politsiya avtobusining o'tishi paytida avtomat qurol bilan o'q uzdi. Boshqa birovi esa granata otgandan so'ngra to'pponcha bilan o'q uzdi.

Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #terrorit , #2 nafar ayol , #otib , #o'ldirildi.

Aloqador xabarlar