Turkiyada chet elliklarga uy sotish nisbati o’rtdi

Bu haqidagi ma'lumot, Turkiya statistika tashkiloti tomonidan tarqatildi.

439296
Turkiyada chet elliklarga uy sotish nisbati o’rtdi

Turkiya 2016-yilning yanvar oyida, o'tgan yilning yanvar oyiga qaraganda chet elliklarga 13.4 foizga ko'proq uy sotdi.

Turkiya statistika tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra chet elliklar, yanvar oyida, 1 462 ta uy sotib olganlar.

Turkiyadan uy sotib olganlarning qariyb teng yarimi Iroq, Saudiya Arabistoni, Quvayt va Rossiya fuqarolaridir.

Ular eng ko'p har doimgidek Turkiyaning Istanbul (498), Antaliya (315), Bursa (129) va Yalova (84) shaharlaridan uy sotib olishni ma'qul ko'rganlar.

Chet elliklarga bir yilda eng ko'p uy sotgan viloyat esa Trabzon ekanligi ma'lum bo'ldi.

Trabzondan keyin Anqara, Anqaradan keyin esa Bursa viloyati.



Aloqador xabarlar