Turkiya bilan Ukraina munosabatlari...

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'luning Ukraina ziyorati ortidan Turkiya bilan Ukraina o'rtasidagi aloqalarda yangi davr boshlandi.

439138
Turkiya bilan Ukraina munosabatlari...

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'luning Ukraina ziyorati ortidan Turkiya bilan Ukraina o'rtasidagi aloqalarda yangi davr boshlandi.

Ukraina bilan Turkiya o'rtasidagi tijoriy aloqalarni rivojlantirish maqsadida Ukrainadan kelgan delegatsiya Trabzon sanoatchi va tadbirkorlar jamiyati boshchiligida Giresun viloyatida sanoatchi va tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat o'rtasida tijoriy hamkorlik faoliyatlari haqida fikr almashildi.

Giresun tijorat va sanoatchilar idorasi rahbari Hasan Chakirmelikog'lu Ukraina Turkiya uchun hamkor davlat ekanini bildirib, bundan buyon nafaqat iqtisodiy sohalarda, balki boshqa turli sohalarda ham hamkorlik faoliyatlari yo'lga qo'yilishini tilga oldi.

Trabzon sanoatchi va tadbirkorlar jamiyati rahbari va Ukraina tijorat va sanoat idorasining Turkiyadagi vakili Hasan Kamil Hayali ham, Ukraina Turkiya va Qoradengiz uchun ahamiyatli davlat ekanini bildirib, asosan Bosh vazir Ahmet Davutog'luning Ukraina ziyoratidan so'ng, hamkorlikning ahamiyati yana ham oshganini ma'lum qildi.

Xalqaro Turk-Ukrain tadbirkorlar jamiyati rahbar o'rinbosari Burak Pehlivan esa, sharqiy Qoradengiz bilan Ukrainaning tijoriy munosabatlar bo'yicha ahamiyatiga e'tibor qaratib, “Sharqiy Qoradengiz va Ukraina o'rtasida shimol-janub chorraxasida tashkil qilinadigan transport loyihalari mintaqa davlatlari uchun xizmat qiladi. Qolaversa, Eronning shimoldagi davlatlarga tomon yo'nalishida, Xitoydan g'arb yo'nalishidagi yo'llarda juda strategik ahamiyatga ega bo'ladi",-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ukraina , #hamkorlik , #Qoradengiz , #tijorat

Aloqador xabarlar