Turkiyaga har tomondan taziya maktublari kelmoqda

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg:“NATO davlatlari terrorizmga qarshi bir yoqadan bosh chiqarishi kerak”,-dedi.

435266
Turkiyaga har tomondan taziya maktublari kelmoqda
10-11/Files/UploadedImages/7759116545cumhurbakanerdoankararllkmesaj.jpg

Poytaxt Ankaradagi qonli terror hujumi butun dunyoda qoralanmoqda.

Turkiyaga har tomondan taziya maktublari kelmoqda.

Germaniya kantsleri Angela Merkel Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anga qo'ng'iroq qilib taziya bildirdi.

Prezidentlik manbalaridan olingan ma'lumotga ko'ra, Angela Merkel Ankarada sodir bo'lgan qonli terror hujumini qoraladi va Turkiyaga hamdard ekanini bildirdi.

AQSh kotibligi tomonidan jo'natilgan taziya maktubida, “Ittifoqdoshimizga madadkormiz”,-degan ifodalarga o'rin berildi.

NATO ham Ankaradagi qonli terror hujumini qoraladi.

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg: “NATO davlatlari terrorizmga qarshi bir yoqadan bosh chiqarishi kerak”,-dedi.

Yevropa Ittifoqining Tashqi aloqalar bo'yicha maslahatchisi Federica Mogherini: “Bu qiyin kunida Turkiya va turk xalqiga madadkormiz”,-dedi.

Fransiya Prezidenti Francois Hollande qonli hujumni “jirkanch” deb baholadi.

Qardosh Ozarbayjon hukumati Turkiyaning qayg'usiga sherik ekanini bildirdi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anga yozgan taziya maktubida ushbu qonli hujum Ozarbayjon xalqini chuqur iztirobga solganini ma'lum qildi.

Ispaniya hukumati ham Ankaradagi qonli terror hujumini qoraladi.

Ispaniya terrorizmga qarshi kurashda turk xalqi va hukumati bilan hamjihat ekanini va hujum javobgarlari qonun oldida javob berishi kerakligini ma'lum qildi.

Lotin Amerika davlatlari ham Turkiyaga taziya bildirdi.

Jumladan, Ekvador va Panama Tashqi ishlar vazirlari qonli terror hujumini “Qo'rqoqlar kabi sodir qilingan jinoyat” deb baholadi.

Argentina Tashqi ishlar vazirligi ham Turkiyaga taziya bildirdi.

Mojariston Prezidenti Ader Janos Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anga yo'llagan maktubida, terror qurbonlarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi va yaradorlarga shifo tilaklarini ifoda etdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi kotibi Hassan Jaberiy Ensariy: “Bu voqea terrorizmga qarshi birdam bo'lish zarurligini yana bir bora eslatadi”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ankara , #taziya , #maktub , #qonli terror , #hujum , #portlash

Aloqador xabarlar