Turkiya-Suriya chegaralari qalin devorlar bilan to'silmoqda

Chegaraga 2 metr kenglikda, 3 metr balandlikda va 7 tonna og’irlikda qalin beton devorlar joylashtirilmoqda.

362315
Turkiya-Suriya chegaralari qalin devorlar bilan to'silmoqda

Suriyada urush davom etar ekan, Turkiya chegara xavfsizligini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlarni kuchaytirmoqda.
911 kmlik chegaraning ba’zi bo’limlari qalin devorlar bilan to’silar ekan, chegara atrofi havo shari kameralari bilan kuzatilmoqda.
Chegarada olingan harbiy chora-tadbirlar natijasida ohirgi bir yarim yil ichida noqonuniy o’tishlarning oldi olindi.
Bularga qo’shimcha sifatida Suriya chegarasida “Chegara xavfsizlik sistemasi loyihasi” hayotga tadbiq etilmoqda.
Mazkur sistema bilan Turkiya-Suriya chegarasining qo’riqlanishi, kontrabanda va noqonuniy o’tishning oldi olinishi maqsad qilinmoqda.
Chegaraga 2 metr kenglikda, 3 metr balandlikda va 7 tonna og’irlikda qalin beton devorlar joylashtirilmoqda.
Hatay, Gaziantep, Kilis va Shanliurfa viloyatlaridagi chegaralarga to’siladigan sim devorlar jami 168 km uzunlikda bo’ladi.
Bugungacha Suriya chegarasida 23 kmlik qalin devor, 108 km sim qafaslar, 386 kmlik chuqur qazildi.
Chegaralardagi xavfsizlik faoliyatlariga bugungacha tahminan 300 million lira sarf qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar