G-20 sammitida xalqaro terrorizmga qarshi kurash...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an G-20 sammiti oldidan Amerika Prezidenti Barack Obama bilan DAISh terror tashkilotiga qarshi kurash bo'yicha fikr almashdi.

366192
G-20 sammitida xalqaro terrorizmga qarshi kurash...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an G-20 sammitiga qatnashish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahriga tashrif buyurgan Amerika Prezidenti Barack Obama bilan uchrashdi.
Bo’lib o’tgan uchrashuvga Turkiya Tashqi ishlar vaziri Feridun Sinirliog’lu, AQSh kotibi John Kerry, Turkiya Moliya vaziri Mehmet Shimshek, Milliy xavfsizlik maslahatchisi Hakan Fidan, Ak partiya deputatlari Berat Albayrak hamda Binali Yildirim ham ishtirok etdi.
Uchrashuvdan so’ng, muhbirlarga bayonot bergan ikki davlat rahbari avvalo Parijdagi qonli terror hujumini qattiq qoralaganini tilga oldilar.
Erdog’an, “G-20 sammitidan so’ng, dunyodagi xalqaro terrorizmga nisbatan ko’z-qarashimiz umuman o’zgaradi deb o’ylayman”-dedi.
Obama bilan bo’lgan uchrashuvda Suriyada DAISh terror tashkilotiga qarshi kurashda koalitsiya kuchlari sifatida qanday ishlar amalga oshiriladi va kelgusidagi rejalar haqida fikr almashilganini bildirgan Erdog’an, “Strategik hamkorlar sifatida bundan keyingi jarayonda ham jahon tinchligiga hissa qo’shish uchun hamjihatligimizni davom ettiramiz”-dedi.
Amerika Prezidenti Barack Obama ham DAISh terror tashkilotiga qarshi kurash va Suriyadagi ahvolni yaxshilash uchun Turkiya juda muhim hamkor ekanini tilga oldi.
Ushbu uchrashuvdan so’ng, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an sammit o’tkaziladigan zalga o’tib, tashrif buyurgan davlat rahbarlarini kutib oldi.
Erdog’anning navbatda Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilmoqda.
Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu esa, Angela Merkel, Saudiya Arabiston Qroli Salman Bin Abdulaziz va Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk bilan uchrashadi.
Fransiya Prezidenti Francois Hollande Parijdagi terror hujumlari sababli sammitga ishtirok etmaydi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar