Turkiya Respublikasi 7-Prezidenti Kenan Evren vafot etdi

Sobiq Prezident 98 yoshida edi.

269120
Turkiya Respublikasi 7-Prezidenti Kenan Evren vafot etdi

Turkiya Respublikasi 7-Prezidenti Kenan Evren qarib qolganligi bois bir necha organ yetishmovchiligi sababli sog’ligi nochor bo’lib borar ekan Anqaradagi Gulhane nomidagi Harbiy Tibbiyot Akademiyasi kasalxonasida davolanayotgan edi.

Reanimatsiyadagi sobiq Prezident, kecha 9-may kuni, vafot etdi.

Kenan Evren 1978-yili Bosh shtab boshlig’i deb tayinlanar ekan 1980-yilning 12-sentabri kuni Turk qurolli kuchlari tomonidan to’ntarish amalga oshirildi.

Oqibatida Turkiya Buyuk Millat Majlisi va saylangan hukumat bekor qilindi. Konstitutsiya esa noma’lum sabaplar bilan keyingiga qoldirildi.

Qonun chiqaruvchi va ijro javobgarchiligini foydalanish maqsadida Milliy Xavfsizlik kengashi tashkil etildi.

General-leytenant Kenan Evren Bosh shtab boshqarmasi, Milliy Xavfsizlik kengashi boshlig’i va Prezidentlik vazifasini o’z zimmasiga oldi.

1982-yilning 7-noyabri kuni esa referendum o’tkazilib yangi konstitutsiya qabul qilindi.

1982-yildagi konstitutsiyaning 1-vaqtinchalik moddasiga ko’ra Kenan Evren Prezident bo’lib saylandi.

Prezidentlik vazifasini 1989-yili tamomlagan Evren o’z vazifasini Turgut O’zalga topshirdi.

Kenan Evrenga qaratilgan shikoyatlar yuzasidan 8-aprel 2011-yili Anqara Respublika Bosh prokuraturasi tergov ishi boshlatildi.

2012-yilning 4-apreli kuni esa Sud jarayoni boshladi.

Anqara 10-Og’ir jazo mahkamasi tomonidan Sudga tortilgan Evren haqida 18-iyun 2014-yili, 12-sentabr 1980-yili, davrning Bosh vaziri Sulaymon Demirelga memorandum berish, Turkiya Respublikasi konstitutsiyasi va Turkiya Buyuk Millat Majlisini bekor qilishga va vazifasini bajo keltirishga mo’nelik qilishga harakat qilishlik jinoyatidan umrbod qamoq jazosi va general-leytenantlik unvonining qaytarib olinishi haqida qaror qabul qilindi.

Appelyatsiya sudiga yuborilgan sud qarori qaralar ekan, Kenan Evren, 98 yoshida vafot etdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar